10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA BOSHQOTIRMALAR KROSSVORD
VA REBUSLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Salimova Mavluda Baxtiyarovna
Xorazm viloyat Gurlan tuman
3-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +998994955772
Mavluda.salimova@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida turli xil boshqotirmalar,
krossvord va rebuslardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini olib borishning ahamaiyati aks etgan.
Kalit so‘zlar: o‘qish darsi, boshqotirma, rebus, krossvord, topshiriq .
O‘quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg‘ulotlarni dars
jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning aniqlashicha bolalar o‘qituvchining oddiy
tushuntirishi orqali egallab olgan ma’lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali
o‘zlari mulohaza yuritib mustaqil bajargan ishlari vositasida o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda
saqlab qoladilar. Chunki o‘quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko‘rsatib, ilgari olgan
bilimlariga tayangan holda ko‘plab o‘quv materiallarini hayolidan o‘tkazadi. O‘xshash hodisalarni
taqqoslaydi. O‘zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi.
Bugungi Davlat ta’lim standarti va ta’lim tizimi o‘qituvchilar oldiga o‘ta mas’uliyatli
vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o‘tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg‘ulotlarni
ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi
zarur. Mashg‘ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchi har bir dars davomida egallashi lozim
bo‘lgan bilimlar hajmini, o‘zida hosil qiladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi
lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchining mashg‘ulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo
qiladi. Chunki o‘quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish imkoniyatiga
ega bo‘lishi zarur. Bu borada darslarda turli xil boshqotirmalar, krossvord va rebuslardan foyalanib,
darsni mustahkamlash, birinchidan bolaning fikrlash qobiliyatini kengaytirsa, ikkinchidan darsning
qiziqarli va “rang-barang” bo‘lishiga erishish mumkin. O‘qish darslarida bunday mashg‘ulotlar
har bir bo‘limdan so‘ng berib borilgan.
Boshqotirmani yeching! Mevalar nomini to‘g‘ri joylashtiring
Bu krossvordda o‘quvchilar mevalarning nomlarini raqamlarga mos holda joylashtirishlari
mumkin. Bunday boshqotirmalar bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, orfografik jihatdan ham
fikrlashga undaydi. To‘g‘ri va tez topishga harakart qilishi orqali zukkolik fazilatlari rivojlanadi.
Rebuslarning turli shaklli va hajmli bo‘lishi, bolaning diqqatini yanada jalb qiladi.
Bunday bir xillikdan qochish esa bolaning topqirligini sinash va bundan tashqari ijodkorligini
rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Quyidagi aralash berilgan bo‘g‘inlarda o‘zbek xalq maqollaridan
birini hosil qiling . Bu rebusda “Kitob – bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i” maqoli yashiringan
bo‘lib, o‘quvchilar bu rebusni ishlash orqali, bo‘g‘inga bo‘lish qoidalarini ham eslab o‘tadi.
590
10
Yuqoridagi rebusda esa rasmlarning nomiga harflarni qo‘shish yoki olib tashlash orqali
o‘qish darsligidagi biror bir bo‘limning nomini toppish kerak bo‘lsa, quyidagi boshqotirmada esa
Gunafshaxonning sayohati berilgan bo‘lib bu sayohatda turli shartlar asoasidaolib boradi. Ilonizi
yo‘ldan borib, sharlardagi harflarni joylashtirsanggiz, onalar haqida o‘zbek xalq maqoli kelib
chiqadi.
Bunday rang-barang topshiriqlar bolaning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi. Zukolligini
va zehnini charxlaydi, bolada tezkorlik va raqobat fazilatlarining namoyon bo‘lishiga olib keladi.
O‘z ishidan zavqlanish hissi paydo bo‘ladi.
Quyidagi berilgan so‘zlardagi harflarni to‘g‘ri qo‘shib ayirsanggiz, maqol hosil bo‘ladi.
Suratdagi o‘rni almashib ketgan soat raqamlarini o‘z o‘rniga qo‘ysanggiz, yonidagi harflardan
darslikdagi ertaklardan birining mazmuni kelib chiqadi. Ertak nima haqida ekan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ishmuhamedov R. va b. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T. : 2008.
2. To‘xliyev B.”Ifodali o‘qish” metodik qo‘llanma.T.:2015 yil 3-5-betlar.
3. Matchonov S. va boshq. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etish. - T.: Yangiyul poligraph service, 2008
591
Do'stlaringiz bilan baham: |