Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN 
FOYDALANISH
Boboyeva Gulchiroy Ahadjonovna, 
Namangan viloyati, Chortoq tumani,
16 - maktabning boshlangich sinf 2-toifali o‘qituvchisi, 
tel: +998 94 5041983
Annotatsiya: Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali borishiga 
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, 
ya’ni didaktik o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quvchilarning bilim olishga 
qiziqishlari ortadi.
Kalit so‘zlar: didaktik o‘yin, boshlang‘ich sinf, qiziqarli, dunyoqarash, ta’lim
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish
bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va 
shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O‘qish darslarini tashkil etishda 
pedagogik texnologiyalarning ko‘pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog‘chadan 
so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim davri 
ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, 
uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini 
o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil 
etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning 
o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi. Bolaning 
o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar 
o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan 
qaraganda, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir. 
Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o‘quvchilar 
faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa qiyin o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o‘yinlar samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik o‘yinlardan 
foydalanishlari yaxshi samara beradi.
Masalan, «Davom ettir» o‘yini: O‘qituvchi matn mazmunini hikoya qilishni boshlaydi, 
bir o‘quvchi uni davom ettiradi. Bunda o‘quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash qobiliyati 
rivojlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy ishlar yozish ko‘nikmasi rivojlanadi va so‘z boyligi 
ortadi. Bundan tashqari, ularda o‘ziga ishonch hissi shakllanib boradi. Masalan: «Bugun men 
barvaqt maktabga kelayotganimda ... ».Shu taxlitda barcha o‘quvchilarni matn hikoyasiga 
qatnashtirish mumkin.
«Tez javob»: O‘qituvchi yoki boshlovchi o‘quvchilar qatori oralab yurib, o‘quvchilardan birini 
turg‘izadi va biror tur nomini aytadi. O‘quvchi shu turga kiruvchi so‘z topib aytishi lozim. Javob 
uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. O‘yin toki 
bir o‘quvchi qolguncha davom ettiriladi. Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda hozirjavoblik, 
mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rganadi, 
atrofdagi sodir bo‘ladigan voqea va hodisalarga qiziqishi ortadi. Bu o‘yindan dars davomida 
o‘tilgan mavzuga bog‘lab, darsning mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqalarida 
foydalanish mumkin. 
O‘qituvchi: «Hayvon». 
O‘quvchi: «It».
O‘qituvchi: «O‘quv quroli». 
O‘quvchi: «Daftar». 
O‘qituvchi: «Sinf jihozi». 
O‘quvchi: «Parta». 
O‘qituvchi: «Ertaklar». 
O‘quvchi: «Zumrad va Qimmat» va hakozo. 


97
10
«O‘qib ko‘r-chi». O‘qituvchi o‘quvchilarga yozma va bosma harflar bilan katta-katta 
qilib yozilgan so‘zlarni ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘qiydilar. Tez va to‘g‘ri o‘qigan o‘quvchilar 
rag‘batlantiriladi. Shu xildagi o‘yinlar vositasida o‘quvchilarning o‘qish texnikasi shakllantiriladi. 
Bu o‘yinni «Alifbe» davrida ham qo‘llash mumkin. Uni undosh tovushlar hali o‘rganilmagan 
davrda faqat tovushlar, keyinroq esa bo‘g‘inlar, so‘zlar, gaplar vositasida o‘tkazish mumkin.
«Bu meniki». O‘qituvchi harf yozilgan kartochkalarni o‘quvchilarga tarqatadi. Har bir 
kartochkada har xil harf yozilgan bo‘ladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi so‘zlarni o‘qiy boshlaydi. 
O‘quvchilar qo‘llaridagi kartochkada yozilgan harf bilan boshlanadigan so‘zni eshitishlari 
bilanoq «Bu meniki» deb javob berishlari shart. O‘qituvchi so‘zlarni tezroq o‘qiydi, o‘quvchilar 
ziyraklik bilan tinglaydi.
«Jonli hikoya». O‘qituvchi so‘zlar yozilgan qog‘ozlarni o‘quvchilarga tarqatib, hikoya o‘qib 
beradi (Qog‘ozlarda yozilgan so‘zlar birgalikda shu hikoyani hosil qiladi). O‘qituvchi hikoyani 
ikkinchi marta o‘qib berganda o‘quvchilar qo‘llaridagi qog‘ozlarni shunday ketmaketlikda 
joylashtirishlari kerakki, qog‘ozlardagi yozilgan so‘zlar bir butun gapni, gaplar esa hikoyani 
hosil qilsin. Bu o‘yinni o‘tkazishda darslikdagi hikoyalar yoki darslikdan tashqari hikoya va 
ertaklardan foydalanish mumkin.
Shu kabi o‘yinlardan foydalanish orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qish motivini 
rivojolantiradi va ularning dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, o‘quvchilarda 
topqirlik, chaqqonlik, bilimdonlik kabi sifatlarni rivojlantiradi, xulqiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aliev A. O‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Toshkent: O‘qituvchi, 1991. 
2. Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish metodlari. - 
Toshkent:O‘qituvchi,1985.
3. G‘afforova T., Nurullaeva Sh., Haydarova O. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va 
o‘qishdan didaktik materiallar. –Toshkent: Ilm ziyo, 2004.


98

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish