Масъул муҳаррир


YOSHLAR ONGIGA MILLIY G‘OYANI SINGDIRISHDA TA’LIM



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
YOSHLAR ONGIGA MILLIY G‘OYANI SINGDIRISHDA TA’LIM
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING O‘RNI
Eshbutayeva Zulxumor Quvondiqovna 
Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur
o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi 
milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani o‘qituvchisi 
Tel:+998934332572 Email : Zulcumor1990@umail.uz
Annotatsiya: Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va 
ularni dars jarayoniga tadbiq qilish, o‘quv jarayonida qanday foydalanilishini qisqacha yoritilgan 
Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar 
Bugungi kunda milliy g‘oya fanini o‘qitishda zamonaviy usullaridan, yangi texnologik 
imkoniyatlaridan foydalangan holda ezgu g‘oya va mafkuralar insoniyatni ezgu amallarga, 
bunyodkorlik ishlariga, o‘zaro hamjihatlikka, hamkorlikka yo‘naltiradigan bo‘lsa, vayronkor, 
tajovuzkor g‘oya va mafkuralar esa insonlar ongiga ta’sir qilish orqali ularni umummilliy 
manfaatlariga zid bo‘lgan maqsadlarga, xatti-harakatlarga undashga urinmoqda. Natijada axborot 
maydoni har xil g‘oyalar bilan to‘lib, uning jozibasi ta’sirchanligini oshirmoqda. Bunday sharoitda, 
milliy g‘oya fanini o‘qitishda turli xil texnologiyalarni qo‘llay bilish muhim ahamiyatga ega. Bu 
milliy g‘oya fanini o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim shartidir. Zero, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, 
zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi 
shart” deb fikr bildirganlar.
Ma’lumki, bugungi kunda pedagogikani insonparvar pedagogikaga aylantirish ta’lim 
sohasining muhim masalasiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta’limni insonparvarlashtiris
h orqali yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish yangicha ishlashni, yangi 
pedagogik tafakkurni shakllantirishni taqozo etadi.
Darhaqiqat ta’limning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, o‘qitish jarayonida yuqori 
samaradorlikka erishiladi. Innovatsion texnologiyalarning asosi bo‘lgan interfaol texnologiyalar 
milliy g‘oya, milliy mafkurani teran fikrlash bilan anglab olishda o‘quvchi-yoshlarning faoliyatini 
faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga, faollikka, birdamlikka, jamoa bo‘lib ishlash bir-biriga 
qayg‘urish orqali jipslikka chorlaydi va bilimlarni boyitishda samarali ta’sir o‘tkazadi. Bevosita 
ta’lim jarayoni markaziga o‘quvchi-talaba shaxsi qo‘yiladi. Binobarin, ta’lim jarayonida ijtimoiy 
trening mashg‘ulotlarining milliy mentalitetga mos shakllaridan samarali foydalanish tarixiy va 
madaniy merosni chuqur o‘rganish bilan bir qatorda ilg‘or, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishga 
intilishning oshishiga turtki bo‘ladi. Ta’lim muassasalarda yaratilgan o‘quv qo‘llanmalardan tortib, 
sinflar va auditoriyalargacha mafkuraviy ta’lim beruvchi ijtimoiy reklamalar bilan qurollantirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Bizning fikrimizcha bugungi kunda yuqori sifatli bo‘lgan ta’limning asosiy maqsadlariga qu
yidagi yo‘nalishlarni rivojlantirish bilan erishiladi:
- ta’lim maskanlari shunday saviyaga kelishi kerakki, toki u raqobatdosh kadrlar orasidagi 
tayyorgarlikdan yuqori darajada bo‘lsin. Buning uchun esa asosiy maqsad o‘qitish ta’lim dasturiga 
mos kelgan bo‘lishi kerak;
- ta’lim berish guruhlarining intellektual salohiyatini shunday oshirish kerakki, toki zamon 
talabi darajasida bo‘lsin. Vaholanki, hozirgi yoshlar maqsad qo‘ya oladigan va o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadni yecha oladigan bo‘lishi, yuqori madaniy saviyada mustaqil fikrlay olishi va hayotda o‘z 
o‘rnini topa olishi ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim;
- ta’lim berishda interaktiv (ikki tomonning faolligi) metodlarni qo‘llash, shu bilan birga ayni 
maqsadga yo‘naltirilgan turli targ‘ibot ishlarni tashkil qilish;
Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati 
o‘ta salmoqlidir. Shu boisdan texnologik yondashuv ta’lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli 
sifatida bugun amaliyotga tezkor tatbiq etilmog‘i zarur. Ma’lumki pedagogik innovatsiyalar 
– mutaxassislarni yangicha sharoitda ishlashga tayyorlovchi jarayon sanaladi. Unda ilgarigi 
egallangan bilim, ko‘nikmalar asosida ijodiy samara beruvchi yangicha yondashuv texnologiyalarini 
yaratish va amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiqdir.


394
10
Interfaol metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar 
ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa o‘quvchi yoshlar 
miyasiga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz erkin gapirish imkoniyati beriladi. Xulosa o‘rnida 
aytmoqchimizki, milliy g‘oyani xar bir inson ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongiga singdirish 
orqali ularda ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviy sifatlarni xar tomonlama shakllantirib bormog‘imiz 
davr talabidir. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash bugungi kunning asosiy vazifasidir.Ta’limning 
saviyasini oshirish jarayonida dastlab, ta’lim maskani mutaxassislarining dars berish malakasini 
oshirish hamda ta’lim maskanlariga jalb qilish bilan respublika va xorijiy mamlakatlarning ta’lim 
maskanlari bilan tajriba almashish, ularni kurslarda o‘qitish bilan o‘quv materiallarini tushunish 
va eslab qolish har xil interaktiv metodlarni qo‘llash bilan erishiladi.
Shu sababli yurtimizda barcha o‘quv yurtlarida o‘qitish tizimini jahon tajribalardan 
foydalangan holda to‘liq ko‘rib chiqib eng maqbul jihatlarini amaliyotga tadbiq qilish, hamda 
milliy g‘oya darslarini samaradorligini oshirish, unda pedagogik texnologiyalardan samarali foy
dalanish maqsadga muvofiqdir. Bu hozirgi globallashuv davrida bo‘layotgan zamon talabiga xos 
bo‘lgan jarayonlardir.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Milliy istiqlol g‘oyasining amal qilish tamoyillari. 
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. 


395

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish