O‘zbekistonda masofaviy ta’lim qanday yo‘lga qo‘yilgan?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 27 martda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra respublikamizdagi mavjud OTMlar masofaviy o‘qitish texnologiyalarini yaratish va ishga tushirish yuzasidan ishlarni boshlagan.
Bu borada Toshkent davlat yuridik universitetida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020/2021 o‘quv yili uchun masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
universitet O‘quv-uslubiy boshqarmasi tarkibida Masofaviy ta’lim bo‘limi tashkil qilindi;
masofaviy ta’limni tashkil etish uchun MOODLE-ob’ektga yo‘naltirilgan dinamik ta’lim muhiti asosida http://distant.tsul.uz masofaviy ta’lim platformasi ishga tushirildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |