1-rasm. Blokcheyn texnologiyasi asosida bloklarni boshqaruv tizimi sxemasi
Yuqoridagi sxemadan ma’lumoki, blokcheyn asosidagi tizimlar markazlashmagan bo’lib, asosan geografik joylashuvlarga, ya’ni mamlakatlar chegaralariga bog’liq emas. Bunda, shaxridagi foydalanuvchi to’g’ridan to’g’ri Moskva, London, Nyu –York, Parij hakazo shaxarlardagi foydalanuvchilar bilan havfsiz aloqa o’rnatishlari mumkin. Quyidagi rasmda yer yuzi bo’ylab blokcheyn zanjirlari orqali havfsiz ma’lumotlarni almashish texnologiyalaridan foydalanishlari tasvirlangan. Jarayon Distributed Systems Group tomonidan ishlab chiqarilgan blokcheyn tarmog'ining ochiq manbali simulyatori yordamida vizuallashtirildi. Dastlab, quyidagicha butun dunyoda blokcheyn texnologiyasidan foylanalish tendentsiyasini duyo kartasi yordamida ko’ramiz 2-rasm.
2-rasmdan ko’rishimiz mumkinki, bu hozirgi real vaqt momentida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning butun dunyo xaritasida belgilanishidir. Bunda ixtiyoriy mamlakatdagi talaba, ixtiyoriy mamlakatdagi universitetga o’qishga kirishi mumkin. U holda bu talabaga shu universitetning blokcheyn texnologiyasiga asoslangan masofaviy ta’lim tizimidan blok ajratiladi. Bu blok tranzaktsiyalari sifatida talabaning o’qish jarayonidagi ma’lumotlari saqlanadi. Bu ma’lumotlarni o’chirish,qayta ishlash, saqlash kabi amallar markaziy administratsiya tomonidan bajarilmaydi. Chuni blokcheyn tizimi boshqa tizimlar singari markazlashgan emas.
Ko’rib turganingizdek, bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish uchun bloklangan ma'lumotlarni saqlashni joriy etishni boshlash kerak. Blokcheyn yordamida sertifikatlar, diplomlar, ilmiy ishlar, maqolalarni sohatalashtirishdan muammolarini hal qilish zarur. Olimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun bu mualliflik asarlarini saqlab qolish va xavfsiz tarqatish, mutaxassisliklar bo’yicha ham zamonaviy ishlanmalar haqida xavfsiz va ishonchli ma’lumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Blokcheyn texnologiyasi bizga kiritilayotgan ilmiy ishlar, yaratilgan metodlar, innovatsion g’oyalar hakazolar va ularning mualliflarini kuzatib borish imkoniyatini yaratadi. Albatta bu, intelektual mulk va ilmiy yangiliklarning haqiyqiyligini ta’minlashga katta hissa qo’shadi. Blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda masofaviy ta’limni tashkil qilish va bitiruvchilarning diplom yoki sertifikat kabi guvohnomalarini berish tartibiga joriy qilish quyidagicha muammolarning hal qilinishiga olib keladi.
Seritikat va diplomlarning haqiyqiyligini ta’minlash
O’qish jarayonida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish
Virtual ta’lim muassasi hujjatlarining shaffofligini ta;minlash
Ta’lim muassasi talabalarining o’zlashtirish darajalarining shaffofligini ta’minlash
Berilgan hujjatlarning sohtalashtirilishining oldini olish
Blockcheyn texnologiyasi kelajakda bu muammolarni hal qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, blokcheyn nafaqat ma’lumotlar bazasi sifatida qo’llaniladi. Ta’lim jarayonidagi bajarilayotgan imkoniyatlar va operatsiyalarning shaffofligini haqiyqiyligini ta’minlaydi. Bunda virtual ta’lim muassasi shaklida an’anaviy ta’lim shakli kabi amalga oshiriladi. Berilgan darslik, qo’llanma va maeriallarni o’rganish barcha ta’lim shakllariga mos keladi.
Natijada, belgilangan birtiruv imtixonlari shaffof tarzda yakunlangandan keyin xalqaro standartlarga javob beradigan haqiqiy diplomni olgan holda dunyoning istalgan nuqtasidan olish mumkin. Blokcheyn texnologiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning imkoniyatlari ancha yuqori bo’lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, Blokcheyn texnologiyasiga asoslangan holda masofaviy ta’lim tizimlarini ishlab chiqish quyidagicha natijalarga olib keladi.
An’anaviy kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim turlariga qaraganda arzon o’qish turi bo’lib hisoblanadi. Chunki virtual ta’lim muassasiga kam xarajat sarflanadi.
Eng yaxshi professor o’qituvchilarni ta’nlash va ularning online darslarida qatnashish. Kelib chiqqan masalalar bo’yicha konsultatsiyalar olish.
O’rganilayotgan mavzular kombinatsiyasini mustaqil tanlash, o’z talablari istaklari asosida ta’lim strategiyasini tanlash.
O’qituvchi va talaba o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqa, bu bilimlarni o’rganish jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Blokcheyn texnologiyasi asosan masofaviy ta’limning shaffofligini ta’minlasa, bu ta’lim turlariga qiziquvchi yoshlar ko’payadi. Natijada, yurtimizda virtual ta’lim muassalari rivojlanadi. Bu butun dunyo ta’lim sohasida yuqori o’rinlarni egallashimizni bildiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Melanie Swan. All rights reserved / Перевод. Блокчейн. Схема новой экономики. - М. Свон- «ОлимпБизнес», 2015
URL: https://russian.rt.com/tag/blockchein
URL: https://bits.media/news/kak-pravitelstva-raznykh-stran-budut-ispolzovat-blokcheyn/
URL: http://www.tadviser.ru/index.php_(Blockchain)
URL: https://www.kursiv.kz/news/hi-tech/v-kazahstane-planiruet-ispolzovat-tehnologiu-blokcejn-v-finanasovom-sektore/
URL: https://habrahabr.ru/post/323128/
Do'stlaringiz bilan baham: |