121
TEZLIK VA VAQT BO‘YICHA
MASOFANI ANIQLASH
Masala. «Tiko» avtomobili 1 soatda 70 km yo‘l yurdi. U shunday
tezlik bilan 2 soatda necha kilometr yo‘l yuradi? 3 soatda-chi?
Yechish. 2 soatda o‘tilgan yo‘l 1 soatda o‘tilgan yo‘ldan 2 marta uzun
bolgani uchun avtomobil 2 soatda 70 • 2 = 140 (km) yo‘l bosadi. 3 soatda
bosgan yo‘li: 70-3=210 (km) bo‘ladi. «Avtomobil 1 soatda 70 km yo‘l yurdi»
deyish o‘rniga «Avtomobilning tezligi soatiga 70 km» yoki avtomobil
70 km/soat tezlik bilan harakatlanyapti deyish ham mumkin.
Uzunlikning o‘lchov birliklari m m , sm, dm , m, k m ; vaqtning
o‘lchov birliklari sek u n d , m in u t, s o a t bolgani kabi tezlikning ham
o‘lchov birliklari bor. Ular m/min, m/s, km/s, km/min, km/soat bolishi
mum kin. Tezlikning o‘lchov birliklarini yozganda avval uzunlik
birligi yozilib, so‘ng qiya chiziq «/» (yoki «—») qo‘yiladi va qiya chiziq
tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday yozish mumkin:
Yechish.
1
) 7 0 k m /soa t • 2 soat=140km Javob: 140km.
2) 70 k m /soa t • 3 soat=210km.
Javob: 210km .
Berilgan tezlik va berilgan vaqtga ko‘ra bosib o‘tilgan yo‘lni topish
uchun tezlik va vaqtni o'zaro ko'paytirish kerak. TJmuman, soatiga
v km yo‘l bosayotgan jismning t soatda o‘tgan yo'lini S harfi bilan
belgilasak, buyo‘1 S = v • t formulaga (qoidagd) ko‘ra hisoblanadi.
1.
Gulchehra 1 soatda 4 km yo‘l o‘tadi. Shunday tezlik bilan 2
soatda necha kilom etr y o‘l bosadi? 3 soatda-chi? 4 soatda-
chi? 30 minutda-chi?
2.
Poyezd 56 km/soat tezlik bilan ketyapti. U
a) 2 soatda;
b) 5 soatda
necha kilometr yo‘l o‘tadi?
3.
«Neksiya» avtomobili 90 km/soat tezlik bilan yuryapti. Uning 1
m in u td a , 10 m in u td a, 15 m in u td a, y a rim soa td a o ‘tgan
yo‘lini toping.
128
4. Mashina 1 soatda 72 km yo‘l yurdi. U 1 minutda qancha
masofani o‘tadi?
Yechish.
1
) 1 km = 1000 m;
2) 72 km = 72 000 m
3) 1 soat = 60 minut;
4) 72 000 m : 60 = 1 200 m = 1 km 200 m
Javob: Mashina 1 minutda 1200 m yo‘l yuradi.
5.
Mohira 100 qadam tashlaganda 50 metr, uning otasi 150 qadam
tashlaganda 90 metr yo‘l bosadi. 180 metr masofani bosish uchun
Mohira necha qadam tashlashi kerak? Otasi-chi?
6
.
Poyezd 20 km masofani 20 minutda, Qorabayir ot esa 30 minutda
o‘tadi. Ularning har biri 1 soatda necha kilometr yo‘l yuradi?
7.
100 m etrga yugurishda Dilnoza
m a r ra g a
2 0
s e k u n d d a k e ld i.
X adich a 160 m etr m asofaga 40
sekundda yugurib bora oladi.
2 0 0
metrlik masofaga shunday tezlik
bilan yugurishsa, m arraga kim
birinchi bo‘lib keladi? \
8
.
Ikki qishloq orasidagi m asofa 34 km. Bu qishloqlardan bir
vaqtda bir-biriga qarab piyoda va velosipedchi yo‘lga chiqdi.
V e losip ed ch in in g tezlig i 12 k m /soat va p iyod a n in g tezligi
5 km/soat bo‘lsa, ular necha soatdan keyin uchrashadi?
9.
Ikki qishloq orasidagi m asofa 34 km. Bu qishloqlardan bir-
biriga qarab bir vaqtda piyoda va velosipedchi yo‘lga chiqdi.
Velosipedchining tezligi 12 km/soat. Agar ular 2 soatdan so‘ng
uchrashishgan bo‘lsa, piyodaning tezligini toping.
10. Ikki qishloqdan bir-biriga qarab bir vaqtda velosipedchi va
piyoda y o lg a chiqishdi. V elosipedchining tezligi 12 km/soat.
Piyoda 1 soatda 5 km yo‘l bosadi. Agar ular 2 soatdan so‘ng
uchrashishgan bo‘lsa, qishloqlar orasidagi masofani toping.