Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
486
w
www.oriens.uz
April
2021
nazariya (leksikalogiya, grammatika, fonetika)dan hamda ularning barchasini
o‟rganish metodikasidan iborat murakkab sistemada tuzilishini tashkil qiladi.
Talaba bilim, malaka va ko‟nikmlarga o‟qituvchi yordamida yoki mustaqil
ishlash orqali erishadi. Chet tilida mashqlarni bajarish o‟qituvchi ishtiroki nuqtai
nazaridan uch yo‟l bilan o‟qituvchi rahbarligida (bevosita ishtirok) va o‟qituvchi
ishtirokisiz (bilvosita ishtirok) va o‟qituvchi topshirig‟iga binoan olib boriladi.
O‟qishlar o‟zbek tilida olib boriladigan maktablarda chet tillar o‟qitish
metodikasi oldida “rus tili” interferensiyani hisobga olish bilan leksik minimum
ishlash bilan va og‟zaki nutqqa, yozishga o‟rgatish metodikasini rivojlantirsh bilan
bog‟liq bo‟lgan muammolar turibdi.
XULOSA
Demak mavzudan kelib chiqib, qisqacha xulosa qilish mumkin: Hozirgi zamon
chet tillarni o‟qitish metodikasida ta‟lim oluvchilarning chet tiliga bo‟lgan
qiziqishlarini yanada oshirish uchun turli xil metodlardan foydalanilmoqda.Bu
metodlardan biri og‟zaki nutqni o‟stirishga oiddir. Ko‟pchilik olimlar muloqot
funksiyalarini ikki guruhini: ijtimoiy va ijtimoiy- psixologik, ba‟zilari esa uch
guruhni
informatsion-
kommunikativ,
relatsion-
kommunikativ,
effektiv-
kommunikativ, yana boshqalari bilim beruvchi, emotsional va tarbiyaviy vazifalarni
ko‟rsatib o‟tadilar. Bizning fikrimizcha, umumta‟lim maktablari va o‟rta maxsus
ta‟limda o‟quv darsliklari va qo‟llanmalarida ifodalangan ta‟lim mazmunida kelib
chiqqan holda muloqotning uch asosiy va muhim vazifasini: ta‟lim beruvchi
tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarni alohida ta‟kidlab o‟tish lozim.
Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda dars jarayonida qo‟llaniladigan
interfaol metodlar va didaktik o‟yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Darsda inetrfaol
metodlardan foydalanish va didaktik o‟yinlarni tashkil etilishi va uni muvaffaqiyatli
o‟tkazilishi o‟quvchilar ongli faoliyatining faollashuvi, bilimlarni puxta egallash
vositasi sifatida muhim rol o‟ynaydi, shuningdek, o‟quvchilarning chet tiliga bo‟lgan
qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday o‟yinlarda ishtirok etish o‟quvchilarda jamoa bo‟lib ishlash, do‟stona
munosabatda
bo‟lish, diqqat- e‟tiborni jamlash, xotirani mustahkamlash
xususiyatlarini shaklantiradi va rivojlantiradi. Dars jarayonida interfaol metodlar va
didaktik o‟yinlar o‟quvchilarning chet tilidagi nutqni eshitish, undan xulosa chiqarish
qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‟quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Yoshga doir
matnlar tanlash, tanlangan matnlar ustida savol- javob uyushtirish, dialoglar tuzish,
mazmunli o‟yinlar, ayniqsa kundalik maishiy xizmat mavzuidagi rolli o‟yinlar ko‟p
o‟ynatiladi.Taqlid qilish o‟yinlari ham o‟rganish faoliyatini rivojlantirishga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |