Mashinasozlik texnologiyasi


Metall keskich asboblar bilan ishlov berish



Download 8,6 Mb.
bet126/169
Sana08.01.2022
Hajmi8,6 Mb.
#334704
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari

2. Metall keskich asboblar bilan ishlov berish

Ma’lumki, tanavorlarga turli keskich asboblar bilan ishlov beriladi.




12.1-rasm. Metall keskichlar bilan (a)- tashqi va (b)- ichki yо’nish
Кeskichlar bilan ishlov berganda: shilib olish, qora (dag’al) ishlov berish, yarim toza va toza ishlov berish usullariga ajratiladi (12.1-rasm).

Berilgan tanavor aniqligiga binoan, ayrim hollarda bir marta ishlov berish bilan ham chegaralaniladi. Aniq о’lchamlar olish va yuqori sifatli toza yuzalar olish uchun nozik yupqa ishlov berish ham qо’llaniladi.

Shilib ishlov berish usuli asosan еrkin bolg’alangan, ayrim hollarda 3 sinf aniqlikdagi quyma tanavorlarga qо’llaniladi. Shilib olish bilan qora tanavorning fazoviy og’ishi va shakl xatoliklarini kamaytiriladi. Shilib ishlashda tanavorlar о’lchamlari: Bolg’alangan tanavor uchun 13-14 kvalitet, quyma uchun 12-13 kvalitet aniqlik olinadi. Shilib ishlov berishda tanavor yuzasining ba’zi-bir joylarida ishlov berilmay qolingan qoraliklariga ruxsat еtiladi. Yirik tanavorlarga shilib ishlov berish kо’pincha, shu tanavor tayyorlab chiqaruvchi sexlarda yoki zavodlarning о’zida bajariladi va sо’ngra asosiy mexanik ishlov beruvchi zavod va sexlarga keltiriladi. Bu holda tanavor yuzalaridagi nuqsonlari (deffektlari) shu chiqariluvchi joylarda aniqlanib, uning og’irligi ham kamayadi. Natijada tashish uchun transport qulayligi yaratiladi.Sexlardan tashqarida uzoq yotishi natijasida tabiiy qarish (eskiish) muddati anchagina uzayishi mumkin.

Qora ishlov berish, shilib ishlov berishdan keyin, yirik shtampda bolg’alangan 3 va 2 guruh tanavorlar uchun va 2-sinf aniqlikdagi yirik quyma tanavorlar uchun qо’llaniladi. Birinchi holda qora ishlov berish 11-13 kvalitet aniqlikni, ikkinchi holda еsa 10-11 kvalitet aniqlikni ta’minlaydi. Qora ishlov berishda yuzalar g’adir-budirliklari Rz=360-80 mkm gacha oraliqda olinadi.

Yarim-toza ishlov berish, qora ishlov berishda qatlamlar tо’la olinishi mumkin bо’lmagan holda yoki olinuvchi geometrik shaklning va еlementlar fazoviy og’ishlarining aniqligiga yuqori talab qо’yilganda qо’llaniladi.

Yarim-toza ishlovda tanavorlar о’lchamlarining dopusklari 9-10 kvalitet aniqlikda va yuza tozaliklari еsa Rz=160-40 mkm oralig’ida ushlanadi.

Toza ishlov berish yoki oxirgi ishlov berish usuli sifatida yoki ishlov berish oralig’idagi о’tuv sifatida pardozlov ishlov berishdan avval qо’llaniladi (yupqa ishlov berish, jilvirlash). Toza ishlov berish undan oldin bо’lib о’tgan ishlov berishga bog’lik holda 8-9 kvalitet aniqlikni va Rz=40-20 mkm, Ra=2,5 mkm g’adir-budirlikni ta’minlashi mumkin.

Tanavorga bir marotaba ishlov berish usuli. Tanavorlarni aniq tayyorlash (1 guruh aniqligida shtamplangan, qoliplarga quyilgan, еritib olinuvchi modellarga quyilgan va sh.о’.) tanavorlar uchun qо’llaniladi. Bu qora yuzalar bо’yicha, toza ishlov berish rejimiga yaqin bо’lgan rejimlarda bajariladi. Bunda 9-10 kvalitet aniqlik va Rz=80-20 mkm g’adir-budirlik olinadi.



Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish