125
Ciklonlar diametri 400 mm-2500 mm gacha batareyali ciklonlarning (5-16 ta)
diametri 400-1600 mm gacha, mul`ti ciklonlar (5 tagacha) ning diametri 160-600
mm gacha buladi.
Ciklonlar erdamida atmosfera xavosiga chikadigan 30-40 mk li chang
zarrachalari 95% gacha, 20-30 mk li 90 %, 5-10 mk 80% mk. dan kichik chang
zarrachalari 60 % gacha tozalanadi.
Ciklonlarning chang tutgich kameralaridan afzalligi: yukori bosim va
xaroratda, yukori xavo xarakatidan kat`iy nazar chuktirgan chang kayta
xarakatlanmaydi. Atmosfera xavosiga chikaetgan 5 mk. dan kichik chang
zarrachalaridan tozalashda Ao Skrubberlardan foydalaniladi.
Skrubberlar xam ish uslubiga kura ciklonlarga uxshagan bulib, farki
namlagichlar, buglagichlar (suv,ishkor, tuz) eritmalari erdamida nafakat chang,
balki gaz aralashmalaridan xam tozalashga ixtisoslashgan.
Skrubberlarni ishlatish jaraenida suv, ishkor, tuz eritmalaridan foydalaniladi,
bu uz navbatida skrubber kismlarini korreziyaga uchratib ishdan chikishga sabab
buladi, shu tufayli ishlab chikarishda undan keng foydalanilmaydi.
Elektrofiltrlar
Italiyalik olim Bekker 1771 yilda elektr maydonida chang zarrachalarini
xarakatlanaetganini kuzatadi va 1824 yilda nemis ixtirochisi Xollfal`d elektroliz
orkali tutun tarkibida chang zarrachalarini tozalashni bartaraf kiladi. 1903 yilda
akademik olim Lodes elektrofil`trni yaratadi va 1906 yildan boshlab AKSh
korxonalarida ishga tushuradi. elektr chuktirgichlar ikkita guruxga bulinadi:
1-chi engsimon (rukoyatkiy), 2-chi elektr tutgichlar.
Ishlab chikarish binolarinig ichkarisiga ajralib chikaetgan changlardan
tozalashda engsimon fil`trlardan foydalaniladi. Engsimon fil`trlarni tayerlashda
sintetik tolalar, matolar kullaniladi. Engsimon fil`trlar eng kichik chang
zarrachalarni (1 mk.dan kichik) ushlab koladi va uning foydali ish koefficienti 99,5
% bulishi mumkin. Bunday fil`trlarning uzunligi 10 m gacha buladi.
Atmosfera xavosiga chikariladigan zaxarli gazlar eritmalar orkali (suv, ishkor,
tuz, oxak) absorbciya usulida tozalanadi. Masalan, xavoga chikarilaetgan SO gazi
oxak eritmasi orkali tozalanganda kal`ciy sul`fat tuzi xosil kiladi. Zaxarli gazlar
kum,
SO + CaO + H O= CaSO + H O
tuprok, egoch kipiklari, aktivlashtirilgan kumir kattik moddalar orkali
absorbciya usulida tozalanadi. Bunga misol kilib protivogazni olish mumkin.
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish,
uzatish va kuritish jarayonlarida zarrachalarining ulchami 3-70 mkm atrofida
bo’lgan changlar paydo bo’ladi. Yoqilg’ilarni yokish paytida tutunlar, bug’larni
kodensatsiyalashda esa, tumanlar paydo bo’ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi
qattiq va suyuk zarrachalarning ulchami 0,3 – 5,0 m km atrofida bo’lishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, zararli moddaning ulchamlari qancha kichik
bo’lsa, uning nafas olish yo’lari orqali inson organizmiga singib borishi shuncha
oson bo’ladi va natijada turli kasalliklarni paydo bo’lishiga sababachi bo’ladi.
Shuning uchun atmosfera havosini tozalash katta ahamiyatiga ega.
126
Bundan tashqari, atmosfera havosi nafaqat sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi, balki
tabiiy holda ham ifloslanishi mumkin. Masalan zilzila, vulqonlarning otilib turishi,
suv toshkinlari, shamol, chang-tuzonlar atmosfera havosini tabiiy holda
ifloslantiradi. Hisob- kitoblar shuni ko’rsatyaptiki hozirgi paytda atmosfera
havosining sun’iy ifloslanishi inson faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib,
uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik kilmokda. Bu esa asmosfera havosini tozalab
turishni takazo etadi.
Atmosfera havosi 3 ta asosiy maqsadlarda tozalanadi.
1.Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish, ya’ni havo
tarkibidagi zararli moddaning miqdori uning ruxsat etilgan chegaraviy
kontsentratsiya (RECHK)sidan oshib ketmasligini ta’minlash uchun.
2.Havo yoki aralashma gazlar tarkibidan kimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish
uchun.
3.Texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir etuvchi va asbob uskunalar, hamda
qurilmalarning buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo yoki gaz aralashmalari
tarkibidan ajratib olish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: