Fazilat, va Gippokratni insonlarni toifalarga ajratishi
Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq- atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokrat inson badanida qon asosi o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taasurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta oladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.
Mana shu xil kishilarni Gippokrat Sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “singvinis” ya’ni “qon” degan so’zdan kelib chiqqan.
Sangviniklar
yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;
bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaidigan;
yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;
xushchaqchaq;
harakatlari shiddatli;
nutqi tez;
kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
so’zini aniq va ma’noli qilib, imo ishoralar bilan gapradigan kishilardir.
| Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda esdan chiqarib yuboradilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga egadirlar.
Rahbarlar ularning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiq qo’l va talabchan bo’lsalar ijobiy natijaga erishish mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladilar.
Agar kishi tanasida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebransmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqlarni “Flegma” deyishgan.
Flegmatiklar:
ta’sirchanligi sust bo’ladi;
bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar;
faolliklari kam;
yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
harakatlari va nuto’lari sust;
ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
sabr-toqatli chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan hayajonlanmay gapiradilar.
|
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Gippokratning fikricha, agar kishi tanasida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qa’tiy-harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonchada safroni “xoley” deyishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |