N AZARIY MA’LUMOTLAR
Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini boshkarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining buylanma va kundalang xarakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini uzgartirishga tugri keladi. Bu boshkariladigan kattaliklar jarayonning boshkarish parametrlari deyiladi.
Avtomatik boshkarish tizimlari kuydagicha farklanadilar:
- boshkarishni markazlashtirish darajasi buyicha;
- boshkarish ob’ektiga ta’sir turiga kura;
- teskari aloka borligi buyicha;
- dasturtashuvchining turiga kura.
Boshkarishning markazlashtirish darajasiga kura markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralashma turlariga bulinadilar.
Markazlashtirilgan tizimda avtomat yoki avtomatik liniya (ob’ekt) buyruk (komanda) punktidan boshkariladi. Bunga misol taksimlash vali yoki komandoapparat yordamida boshkariladigan avtomat bula oladigan. Nomarkazlashtirilgan tizimda ob’ektni boshkarish markaziy boshkarishga ega emas. Stanok (ob’ekt) ishchi organlari yul datchiklari yordamida boshkariladi. Datchiklarning ulanishi yoki uzulishi ishchi organlarida urnatilgan tayanchlar
orkali amalga oshiriladi. Bunga misol kilib jilvirlash avtomatlarining boshkarish organlarini olish mumkin.
Aralashma tizim - bu markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tizimlar kombinatsiyasidan tuzilgan tizimdir.
Boshkariladigan ob’ektga ta’sir kilish usuliga kura boshkarish tizimlari uzluksiz va diskret - uzlukli turlarga bulinadilar.
Uzluksiz boshkarish tizimiga misol kilib taksimlash vali yordamida boshkariladigan tizimni olish mumkin. Bunda taksimlash valdagi kulachoklar uzluksiz ravishda stanok ishchi organi bulgan supportga rыchagli mexanizmlar orkali karakat uzatadi.
Diskret - uzlukli boshkarish tizimida stanok ishchi organi impulsli signallar yordamida boshkariladi. Bu tizimga sonli dastur bilan boshkarish tizimlari misol bula oladi.
Ob’ekt bilan boshkaruvchi organ orasida teskari aloka borligi buyicha ochik va yopik boshkarish tizimlarga bulinadilar.
Ochik boshkarish tizimlarida boshkarish tizimi jarayon (ob’ekt)ning parametrlari tugrisida axborot olmaydi va uning uzgarishga ta’sir kursatmaydi.
YOpik boshkarish tizimida jarayon (ob’ekt) bilan boshkaruvchi organ uzaro teskari aloka bilan boglangan bulib,boshkarish parametrini berilgan kiymatlarda uzgarishi ta’minlanadi. Bunday tizimni teskari aloka tizimi xam deyiladi.
Dasturtashuvchining turiga karab boshkarish tizimlari kuydagicha klassifikatsiyalanadi:
a) taksimlash vali yordamida boshkariladigan;
b) tayanchlar yordamida boshkariladigan;
v) andoza (kopir) yordamida boshkariladigan;
g) sonli dastur bilan boshkariladigan (SDB).
Taksimlash vali yordamida boshkariladigan tizimlarning kulachokli, sharikli uzatish mexanizmli va komando apparatli turlari mavjud.
Tayanchlar yordamida boshkarish tizimida tayanchlar dasturtashuvchi vazifasini bajarib, ishchi organiga urnatiladi. Ular avtomatik tizimning datchiklariga ta’sir kursatadilar. Bu tizimlar ochik boshkarish tizimiga kiradi.
Andozali (kopirli) boshkarish tizimi kuzatish tizimiga kiradi. Andoza (kopir) dastur tashuvchi xisoblanadi. Bunda andoza profilining ulchamlariga mos xolda stanokning ishchi organining kuchishi ta’minlanadi.
Kuzatish (kopiroval) tizimining mexanik, gidravlik, elektrogidravlik, pnevmogidravlik turlari keng kullaniladi.
Sonli dastur bilan boshkarish tizimida dastur xarf rakamli kodda beriladi. Bunda stanok (ob’ekt) ijrochi organining xar bir kuchishi kattaligi sonlar yordamida beriladi. Axborot dasturtashuvchi (perfolenta, magnit lenta,kompakt (ixcham) kasseta)larda beriladi. Axborotning xar birligi impulsiga ijrochi organning ma’lum kattalikda diskret (uzlukli) surilishi mos keladi.Ushbu boshkarish tizimi diskret- uzlukli tizimga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |