«mashinasozlik texnologiyaSI» kafedrasi «mashinasozlikda innovatsion texnologiyalar» fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma



Download 1,95 Mb.
bet12/41
Sana26.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#471257
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
Тажриба МИТ


4-rasm. Zagotovkaning eskizi.


Birinchi tajribani surish S va kesish chuqurligi t ni o’zgartirmasdan, kesish tezligini o’zgartira borib o’tkaziladi. SHu maqsadda surishni S = 0,21 mm/ayl, kesish chuqurligi t = 0,5 mm qilib qabul qilinadi va namunaning har bir pog’onasida kesish tezligini 200 m/min oralig’ida 1-jadval bo’yicha o’zgartiriladi.


1-jadval

Pog’ona tartib raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Aylanish
lar soni,n

50

80

125

200

315

500

800

1000

1250

1600

Kesish tezligi m/min

6,3

10

15,7

25,0

39,6

63

100

126

178,3

200

MIS-11 mikroskop yordamida har bir pog’onaning mikronotekisliklari Rz balandligi o’lchanadi.
Ikkinchi tajribani kesish tezligi V va kesish chuqurligi t ni o’zgartirmaydi surish S ni o’zgartirib o’tkaziladi. SHu maqsadda kesish tezligi V=60 m/min va kesish chuqurligi t=0,55 mm qilib qabul qilinadi. Har bir pog’ona uchun surish qiymati 2-jadval bo’yicha qabul qilinadi.
2-jadval

Pog’ona tartib raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Surish, m/min

0,07

0,15

0,26

0,30

0,34

0,39

0,43

0,52

0,57

0,61

MIS-11 mikroskopi har bir pog’onaning yordamida mikronotekisliklar balandligi Rz o’lchanadi.
4.2. 2-ilova keltirilgan shakl bo’yicha hisobot yoziladi.
1-ilova



Sirt g’adir-budirligi sinflari

Razryadlar



G’adir-budirlik parametrlari eng katta qiymatlari, MKM

Bazaviy uzunlik, 1, meyor



Ra

Rz

Sinf bo’yicha

Razryadi bo’yicha

Sinf bo’yicha

Razryadi bo’yicha

1
2
3
4
5

-
-
-
-
-

80
40
20
10
5

-
-
-
-
-

320
160
80
40
20

-
-
-
-
-

8,0
-


2,5

6

a
b
v

2,5


2,6
2,0
1,6

10





0,8

7

a
b
v

1,25


1,25
1,0
0,8

6,3


6,3
5,0

8

a
b
v

0,63


0,63
0,50
0,40

3,2




3,2
2,5
2,0

9

a
b
v

0,32




0,32
0,25
0,20

1,6


1,25
1,0



0,25

10

a
b
v

0,160


0,160
0,125
0,100

0,8


0,8
0,63
0,5

11

a
b
v

0,080


0,080
0,063
0,050

0,4


0,4
0,32
0,25

12

a
b
v

0,040


0,040
0,032
0,025

0,2


0,2
0,16
0,125

13

a
b
v

0,02


0,020
0,016
0,012

0,100


0,4
0,08
0,063

0,08

14

a
b
v

0,01


0,010
0,008
0,005

0,050


0,05
0,04
0,032

2-ilova
Tajriba ishi uchun hisobot


Sirt g’adir-budirligiga kesish tezligi va surishning ta’sirini tadqiq qilish.



I.1-rasm. Zagotovkaning eskizi.

I.1-jadval


Boshlang’ich ma’lumotlar



Dastgoh xili
Keskich
O’lchov vositalari
Zagotovka diametri, mm
Zagotovka materiallari

D1=



D2=



I.2-jadval



Pog’ona tartib raqami

1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


Aylanish soni, ayl/min































Kesish tezligi
V, m/min































Notekislik
lar balandligi,
Rya mkm































3-jadval



Pog’ona tartib raqami

1


2


3


4


5


6


7


8


9


10



Surish
S mm/ayl































Notekislik
lar baland
ligi,Rz mkm






























Rz



























































V m/min, S mm/ayl


I.2-rasm. Kesish tezligi va surishning mikronotekisliklar

balandligiga bog’liqliligi
Adabiyotlar

1. Omirov A., Qayumov A. Mashinasozlik texnologiyasi, Toshkent, «O’zbekiton», 2003 yil, 384 bet.


2. Kolesov I.M. Osnovы texnologii mashinostroeniya, M., «Vыsshaya shkola», 1999 g., 590 s.
3. Burtsev i dr. Texnologiya mashinostroeniya, v 2-x tomax, M., MGTU im. N.E.Baumana, 1998 g., 563 s.
4. Danilevskiy V.V., Yu.I. Gelьfgat Yu.I. Laboratornыe rabotы i prakticheskie zanyatiya po texnologii mashinostroeniya, M., «Vыsshaya shkola», 1988 g.


6 – LABORATORIYa MASHG’ULOTI
TEXNOLOGIK OPERATSIYaLARNI BAJARISHDA DONABAY VAQT MEYoRINI ANIQLASH


1. Ishning maqsadi.
Ushbu tajriba ishining maqsadi detallarga mexanik ishlov berish operatsiyalarini bajarishda donabay vaqt tarkibini o’rganishdan iborat.


Kerakli jihoz va materiallar.

  1. 1K62 modeldagi tokarlik dastgohi.

  2. Keskich.

  3. Sekundomer yoki sekund strelkali soat.

Ishni bajarish tartibi.


3.1. Detalga mexanik ishlov berish texnologik eskizi, dastgoh, kesuvchi asbob, moslama, ishlov berish rejimlari (kesish chuqurligi, shpindelning aylanishlari soni, surish) bilan tanishish. Detalni patronga o’rnatmasdan ishlov berish uchun tayyorlab qo’yish.


3.2. Sekundomer yoki sekund strelkali soatni ishga tayyorlab qo’yish.
3.3. Texnologik operatsiyani tarkibiy qismlarga, ya’ni o’tishlar, ishchi yurishlar va qabul etishlarga ajratish. Fiksatsiya qilinadigan nuqtalar ya’ni, har bir qabul etishning boshlanish va tugash momentlarini o’rnatish. Masalan operatsiyani quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
a) detalni patronga o’rnatish va maxkamlash (ushbu element ishchining qo’li zagotovkaga tekkan momentdan boshlanib, ishchining qo’li dastgoxni boshqarish tutqichiga tekkan momentda tugaydi);
b) dastgohni yurgizish va keskichni detalga yaqinlashtirish;
v) detalning sirtini yo’nish;
g) keskichni detaldan uzoqlashtirish va dastgohni o’chirish;
d) detalni dastgohdan olish.
3.4. Texnologik operatsiyani bajarish va donabay vaqt tashkil etuvchilarini davomiyligini aniqlash. Ushbu operatsiyani bajarish va xronometrajni amalga oshirishni tarkibida 3 nafar talaba bo’lgan gurux ishtirokida tashkil etish tavsiya qilinadi. Texnologik operatsiyani bajarish bilan gurux tarkibidan bir kishi yoki laborant shug’ullanadi. Guruxning boshqa a’zolari sekundomer orqali vaqtni aniqlashda ishtirok etadilar.
Olingan ma’lumotlar asosida operatsiyaning har bir qismiga ishlov berish uchun sarflangan vaqt va umumiy ishlov berish vaqti (donabay vaqt) hamda asosiy va yordamchi vaqtlar aniqlanadi.

3.5. Kuzatuvlar natijalarini qayta ishlash. Detalga ishlov berish tugagandan so’ng, dastgox o’chirilgandan so’ng, detalь patrondan olinib, xronometraj ishlari o’tkazilgandan so’ng olingan ma’lumotlar hisobot jadvaliga kiritiladi.


4. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
Texnik me’yorlash deb ishlab chiqarish resurslarini texnik jihatdan asoslangan sarflash me’yori tushuniladi. Ishlab chiqarish resurslariga quyidagilar kiradi: energiya, xomashyo, materiallar, asboblar, ish vaqti va hokazo.
Texnologik jarayonlarni loyihalashda ish vaqtini texnik jihatdan me’yorlash asosiy masala bo’lib hisoblanadi.

Mehnatni me’yorlash masalalari va usullari. Mehnatni me’yorlashning asosiy masalalaridan biri bajariladigan ishning o’lchovini aniqlash va shunga mos ravishda xaq to’lashdir. Mehnatni me’yorlash texnik me’yorlash va tajribaviy-statistik me’yorlash usullari bilan amalga oshiriladi.


Ish vaqtining rezervlarini aniqlash va bajariladigan ishning zarur o’lchovini belgilash bo’yicha usul va uslublarning yig’indisi mehnatni texnik me’yorlash deyiladi. Texnik me’yorlash vazifasiga ish vaqtining rezervlarini aniqlash va korxonada mehnatni tashkil qilishni yaxshilash, ishning to’g’ri o’lchovini belgilash (ya’ni, vaqt me’yorini aniqlash) va oxir- oqibat mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish hajmini oshirish kiradi.
Mehnatni texnik me’yorlashda (ya’ni, vaqt me’yorini analitik usulda aniqlashda) texnologik operatsiya mashinali, mashinali-dastaki va dastaki, o’tishlar, priyom, yurishlar va harakatlar kabi elementlarga taqsimlanadi. Bunda har bir element alohida va birgalikda tahlil qilinadi. Vaqt me’yorini hisoblashdan avval me’yorlanadigan operatsiyaning tarkibi uni yaxshilash maqsadida operatsiyaning tarkibidan uning muvaffaqiyatli bajarilishiga ta’sir qilmaydigan ortiqcha priyom va harakatlarni chiqarib tashlash, ishchining qo’li, oyog’i va tanasining barcha harakatlarining yo’lini qisqartirish, ishning toliqtiradigan priyomlarini yengilroq priyomlar bilan almashtirish, ishchining materiallarni, asbobni, zagotovkani olib kelishi va asbobni charxlashi kabi qo’shimcha ishlardan ozod qilish, ko’p o’rinli moslamalarni qo’llash, zamonaviy kesish rejimlarini qo’llash, yordamchi vaqtni qisqartirish bo’yicha ilg’or texnologiyalardan foydalanish yo’llari tahlil qilinadi. Vaqtning texnik me’yorini belgilash mehnatga xaq to’lash va mehnat unumdorligi bilan chegaralanib qolmaydi. Texnik me’yorlash jihozlarning zarur bo’lgan sonini va ularning yuklanishini, tsex va uchastkaning ishlab chiqarish quvvatini aniqlash uchun, ishning va ish haqining asosiy ko’rsatkichlarini hisoblashda hamda operativ rejalashtirishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Texnik jihatdan asoslangan me’yorlarni shu sohadagi ishlayotgan barcha ishchilar bilishi va amalda qo’llay bilishi kerak. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishning rivojlanishi bilan o’sib borayotgan mehnat unumdorligini hisobga olgan holda vaqt me’yorlarini kamayish tomoniga o’zgartirib boriladi.
Me’yorlashning tajribaviy-statistik usuli yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda qo’llaniladi. O’xshash operatsiyalarning ish hajmi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar, me’yorlovchi va ustalarning shaxsiy ish tajribasi tajribaviy-statistik me’yorlash usuliga asos bo’la oladi. Bu usulda avval bajarilgan shunga o’xshash operatsiyaning vaqt me’yori va haqiqiy bajarilgan ish hajmi solishtirish yo’li bilan ushbu operatsiya uchun vaqt me’yori belgilanadi. Demak, o’tmishdagi texnologik operatsiya uchun sarf bo’lgan vaqt bo’yicha o’sha davrdagi texnologiya va ishlab chiqarishdagi mavjud bo’lgan kamchiliklarni hisobga olmasdan yangi loyihalanayotgan yoki ishlashga topshirilgan texnologik operatsiyalar uchun sarflanadigan vaqt me’yorini belgilashda ko’chiriladi va ularni qonunlashtiriladi, bu esa ishlab chiqarishning rezervlarini ochish va unumdorlikni oshirishga imkon bermaydi. SHuning uchun mashinasozlik ishlab chiqarishida asosiy va keyinga qoldirib bo’lmaydigan masalalardan biri vaqtni tajribaviy-statistik me’yorlash usulidan analitik me’yorlash usuliga o’tish bo’lib hisoblanadi.
Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda texnologik operatsiyalarni elementlarga taqsimlash maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunday hollarda vaqt me’yorini texnologik o’tishlarda keltirilgan me’yorlar bo’yicha aniqlanadi yoki namunaviy texnologik jarayonlar uchun analitik usulda tuzilgan namunaviy me’yorlar qo’llaniladi, keltirilgan me’yorlar va namunaviy me’yorlar analitik usulda tuzilgan bo’lib, odatda, texnik me’yorlash qatoriga kiradi.

Ish vaqti sarfining tasnifi. Ish kunida sarflanadigan ish vaqti me’yorlanadigan va me’yorlanmaydigan vaqtlarga bo’linadi (tushlik uchun ajratilgan tanaffusdan tashqari). Ish vaqtining me’yorlanadigan sarfiga ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqtlar kiradi. Ish vaqtining me’yorlanmaydigan sarfi esa ish vaqtini foydasiz yo’qotilgan (ustani, sozlovchini chaqirib kelish, hujjatlarni, asboblarni, transport vositalarini, materiallarni va boshqalarni olib kelish uchun va shunga o’xshash tasodifiy va unumsiz ishlarni bajarish tufayli ishchining vaqtni befoyda yo’qotishi), me’yorlashda ishtirok etmaydigan qismi kiradi.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish