5 – LABORATORIYa MASHG’ULOTI
KESISH TEZLIGI VA SURISHNING YuZA G’ADIR-BUDIRLIGIGA
TA’SIRINI ANIKLASH
1. Ishning maqsadi
Talabalarning kesish tezligi va surishning yuza g’adir-budirligiga ta’sirini taxlil qilishini hamda mustaqil ravishda tadqiqod o’tkazish, ularning olgan bilimlarini mustahkamlash.
2. Kerakli jihoz va uskunalar
Detal chizmasi.
Detal zagotovkasining namunasi.
Bir 1E95 markali tokarlik dasgohi.
O’tuvchi keskich.
Sirt g’adir-budurliklarining etalomlari.
3. Ishning bajarish uchun zarur ma’lumotlar va ko’rsatmalar
Sirtning sifat xarakteristikalaridan biri uning g’adir-budurliklaridir, mashina detallari shu ko’rsatkichga ko’plab bog’liq. Sirt g’adir-budirligi nisbatan kichik qadamlarda qoldiq notekis balandligini aniqlaydi. Ishlov berishda mikronotekisliklar balandligi asosan quyidagi omillarga bog’liq: kesish tezligi V, surish qiymati S va kesuvchi asbobning geometrik parametrlari ( va r burchaklar).
Ishlov berilgan sirt g’adir-budurligi qirindi xosil bo’lish jarayoniga katta bog’liq va birinchi navbatda o’smalar xosil bo’lishiga, kichik tezliklar soxasida (V=1 m/min) o’smalar xosil bo’lmaydi, ishlov berilgan sirt notekisliklari o’lchami sezilarsiz bo’ladi.
Kesish tezligini 20…30 m/min. gacha oshirilsa sirt g’adir-budirligi yomonlashadi, ya’ni mikronotekisliklar balandligi ortadi, uning nazariy qiymatidan bir nescha marta yuqorilab ketadi. Kesish tezligini yanada oshirish o’smalarni kamaytiradi va boshqa o’zgarmas sharoitlarda (S,n) ishlov berilgan sirt g’adir-budirligining balandligi kamaytiradi.
Tezliklar (V=70 m/min) soxasida o’smalar xosil bo’lishi tugaydi, g’adir-budirlik minimal bo’ladi. Kesish tezligini undan yuqoriga oshirish mikronotekisliklarni juda ham sezilarsiz kamaytiradi.
Yuqori tezliklarda kesishda plastik deformatsiyalangan sirt qatlamining chuqurligi sezilarsiz bo’ladi va g’adir-budirlik o’lchamlari nazariy o’lchamga yaqinlashadi. Kesish tezligiga nisbatan ko’p darajada sirt g’adir-budirligiga surish qiymati ta’sir qiladi, u sirt qatlamining plastik va elastik deformatsiyalanishiga ko’p darajada bog’liq. Metallarni kesish ma’lum bir radiusda (r) dumaloqlangan qirrali asbob yordamida amalga oshiriladi. Ishlov beriladigan materialga keskich botirilganda A-A sirpanish tezligi bo’yicha qirindi ajralishi ro’y beradi (1-rasm). Bunda V nuqtadan pasta yotgan metall qismi kesilmaydi, balki plastik va elastik deformatsiyalarga utrab keskichning dumaloqlangan qismiga ko’tariladi.
1-rasm. Kesish qirrasi r radiusda dumaloqlangan keskich yordamida qirindi ajralishining sxemasi.
Kesib olingan qatlamning eng kichik qalinligi tmin kesuvchi qirraning dumaloqlanish radiusi, ishlov berilayotgan materiall xossasi va kesish tezligiga bog’lig’ dumaloqlanish radiusi r ni kamaytirilsa va kesish tezligi oshirilsa, tmin kamayadi).
Keltirilgan geometrik xarakterlardan kelib chiqib, prof. V. L. CHebo’shev keskichli ishlov berishda mikronotekisliklarni quyidagi formula yordamida aniqladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |