3.ISHNI BAJARISH TARTIBI
Ishni bajarishdan oldin xavfsizlik texnikasi va berilgan mavzuning nazariy savollari bo’yicha o’qituvchi nazoratidan o’tish kerak. SHundan so’ng ishning eksperimental qismini bajarish uchun ruxsat olinadi.
3.1.Barcha zagatovkalarning diametrlari o’lchansin va yozib olinsin. Diametrlarni tarqalish maydonini xaqiqiy qiymati aniqlansin va u detal chizmasida quyim maydoni bilan solishtirilsin.2.3-rasm.
3.2.Zagatovka diametrigi qo’yilgan xaqiqiy quyim va xosil qilinuvchi 1 o’lchamga quyimni xisobga olgan xolda zagatovkalarga ko’p o’rinli moslamada ishlov berish mumkinligi aniqlansin (2.9-formulaga qarang). n=2:3:4:5.tartibda qiymatlar berib boriladi.
3.3.Xarakatlanuvchi prizmali va ketma-ket pnevmatik maxkamlashli ko’p o’rinli moslamaning konstruktsiyasi va ishlash printsipi bilan tanishish.Moslama pnevmodvigateli 4 atm.bosimli qisilgan xavo setiga ulansin.
3.4.Moslamaga berilgan 5 ta zagatovka o’rnatilsin va ular maxkamlansin.SHtangentsirkulь yordamida birinchi va ikkinchi zagatovka-L1; (xarakatlanmaydigan prizmadan foydalangan xolda)Birinchi va uchinchi zagatovka-L2;birinchi va to’rtinchi zagatovka-L3; birinchi va beshinchi zagatovka-L4 diametrlarining tashqi nuqtalari orasidagi masofalar o’lchanadi.O’lchangan qiymatlar 2.1-jadvalga tushirilsin. Moslama pnevmodvigateligaxavoni surilish yo’nalishini yoqish bilan zagatovkalar bo’shatilsin va olinsin.
2.3-rasm. Ko’p o’rinli moslamada ishlov berish uchun zagotovka eskizi
3.5. Keyingi beshta zagatovka partiyasi o’rnatilsin, ularni maxkamlab 4.4. punktdagi o’lcham bajarilsin. Xuddi shu usul yordamida o’nta o’rnatish uchun moslamadagi zagatovkalar orasidagi xaqiqiy tashqi o’lchamlar olinsin.4-jadvalning mos keluvchi grafalari to’ldirilsin.
3.6.O’tkazilgan o’lcham qiymatlaridan foydalanib,xar bir mos keluvchi o’nta o’lchashlar uchun maksimal va minimal L o’lchamlarni xisoblash yo’li bilan ikki -,uch-,to’rt-va besh o’rinli moslama variantlari uchun o’lchamlarning xaqiqiy tarqalish maydoni Lxaq xam aniqlansin.
3.7. Ikki -,uch-,to’rt-va besh o’rinli moslama variantlari uchun o’lchamlarning nazariy tarqalish maydoni Lxis (2.9-formulaga qarang) xisoblansin va xaqiqiy va nazariy tarqalish maydonlarining qiymatlari xisoblansin.
3.8.O’lchamlarning xaqiqiy tarqalish maydonini xisobga olgan xolda ko’p o’rinli moslamada zagatovkalarga ishlov berish mumkinligini quyidagi munosabatdan aniqlash mumkin:
21Lxaq (2.10)
O’rnatish xatoligi tomonidan ruxsat etiluvchi moslamadagi o’rinlar miqdori 3.2 punktda xisoblangan qiymatlar bilan taqqoslansin.
3.9.Ish joyi tozalansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |