Tanavorni tanlash bosqichi
Dastlabki baholanuvchi ko’rsatkich quyidagilar hisoblanadi:
1).Material ishlatish koеffisienti.
Кmi = md /mz ,
bu erda md , mz- detal va tanavor massasi. Texnik jihatdan teng variantlardan material ishlatish koеffisienti yuqorirog’i tanlab olinadi. Кmi ni oshirish uchun tanavor shaklini tayyor detal shakliga yaqinlashtirish , uni tayyorlash aniqligini oshirish va yuza qatlamlarini sifatini yaxshilash zarur.
2). Sermateriallikni pasaytirish.
M= (mzb - m zya)V,
Bunda:
mzb , m zya - tegishlicha yangi va baza variantidagi tanavorlar massasi;
V - detal chiqarish hajmi, dona.
Yangi texnologik jarayon ishlab chiqishda, detallar chiqarish hajmini anchagacha oshirish M ko’rsatkichning muhimligini orttiradi.
2.Texnologik amallarni ishlab chiqish bosqichida
Bu bosqichda quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |