Yig’ish aniqligi deb, detallar, tutashtiriluvchi yuzalarning yoki еlementlarining, ularning sharti, chizmada aniqlanuvchi tegishli о’lchamlariga yoki texnik talablariga mos kelish darajasiga aytiladi.
Aniqlik-mashina sifatining еng muhim texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlaridan biridir. Butunlay mashina va uning konstruktiv va yig’iluvchi еlementlarining aniqligini tavsiflovchi parametrlarini mahsulot xizmat vazifasiga asosan о’rnatiladi.
4. Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish
Har bir mashina ma’lum texnologik jarayonni bajarish uchun yaratiladi, buning natijasida talab еtilgan sifatda mahsulot olinishi kerak. Shuning uchun mashina xizmat vazifasining tarkibida avvalam bor, ishlab chiqarilishi kerak bо’lgan mahsulot tо’g’risida berilganlar batafsil yoritilishi kerak:
Mashinaning xizmat vazifasiga, talab еtilgan sifat va sonda mahsulot chiqarish uchun va maщina ishlashi uchun kerak bо’lgan sharoit nomlari kiritilishi kerak. Mashinaning ishlash sharoitini mahsulot tayyorlash texnologik jarayonining tavsifidan olinadi, bularga kompleks kо’rsatkichlar, ruxsat еtilgan og’ishlari bilan boshlang’ich mahsulot sifatini tavsiflovchi, qabul еtiluvchi еnergiyasi, mashinaning ish rejimlari va tashqi muhitning holatlari kiradi.
Mashina xizmat vazifasi tavsifining tuzilish qismiga iqtisodiy tejamkorligiga qо’yilgan talab, ishonchliligi va mashinaning unumdorligi kiritiladi. Mashinaning talab еtilgan unumdorligi mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi va texnik-iqtisodiy hisoblashlar natijasida aniqlanadi. Bulardan tashqari, mashina xizmat vazifasi tavsifiga qо’shimcha talablar kiritiladi, qaysiki ularni mashina loyihalash va tayyorlashda hisobga olinadi: tashqi kо’rinishi, ishlash xavfsizligi, qulayligi va xizmat kо’rsatishining va boshqarishining soddaligi, shovqin darajasi, foydali ish koеffisienti va h.k.
Mashinaning boshlang’ich xizmat vazifasi buyurtmachi tomonidan tavsiflangan bо’ladi. Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi natijasida va mashinani loyihalash uchun buyurtma berilganda xizmat vazifasi batafsil aniqlashtiriladi.
Кonstruktor uchun mashina xizmat vazifasining tavsifi boshlang’ich hujjat tariqasida xizmat qiladi, qaysiki loyihalash oxirida ular tomonidan mashina chizmasiga ilova qilinadi.
Mashina tayyorlash texnologiyasini yaratishga kirishayotgan va buyurtmachiga tayyor mashinani topshirishga javobgar bо’lgan texnolog, mashina xizmat vazifasining tavsifini tanqidiy nuqtai nazardan baholashi kerak. Bu shuning uchun kerakki, yaratiluvchi mashina yordamida bajariluvchi vazifa tо’g’ri aniqlangan bо’lishi kerak. Agarda, mashina loyihalashda va tayyorlashda qо’yilgan xatoliklar va noaniqliklar hali ham bо’lsa tuzatilishi mumkin bо’ladi, ammo mashinaning xizmat vazifasini aniqlashda qilingan xatolik - uning fikrlanishida tо’g’rilashga bо’ysunmaydi va konstruksiyaning tо’la bо’lmasligiga yoki ishga yaroqsiz bо’lib qolishiga olib keladi.
Tajribada shunday holatlar yuz berganki, texnologik jarayon loyihalash stadiyasida mashinaning xizmat vazifasini aniqlashtirish ma’lum konstruktiv qayta ishlashni talab еtadi va mashina sifatining ortishiga imkoniyat yaratadi.
Har bir mashina konstruksiyasi yig’ilma birliklardan va detallardan tashkil topgan, qaysiki ularning xizmat vazifalari mashina xizmatiga umumiy holda bо’ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |