11 – M A`R U Z A
Mavzu:"Mashinasozlikda yig’ish jarayonlarini loyihalash asoslari"
Mavzu rejasi:
1. Asosiy tushunchalar.
2. Yig’ish texnologik jarayonlarining еlementlari.
3. Yig’ishning sifati va aniqligi tо’g’risidagi tushunchalar.
4. Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish.
5. Yig’uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish tartibi.
Adabiyotlar: [ 1 ] –292-303 b.[ 3 ]- 21-23 b. [ 4 ] – 508-511 b.
Tayanch so’zlar: 1.Yig’ish amali. 2. Birlashtirish (biriktirish). 3. Yig’ish sermehnatliligi. 4. O’tuv. 5. Yig’ishning sifati. 6. Mashinaning texnikaviy darajasi. 7. Mashinaning ishonchliligi. 8. Chiqarish takti. 9. Mashinaning xizmat vazifasi.
1. Asosiy tushunchalar
Mashinasozlik zavodlari va korxonalarining asosiy mahsuloti turli - tuman kо’rinishdagi mashinalar, ularning turli kо’rinishdagi qismlari mexanizmlari (uzellar) va alohida olingan detallar kо’rinishida ham bо’ladi. Mahsulotlar ishlab chiqarish zavodlarining hom-ashyodan tortib to ularni mexanizm va mashina holiga keltirilgan yakunlovchi jamoa, ishchi-xizmatchilar mehnatlarining natijasidir. Yig’ish texnologik jarayoni - bu detallar ma’lum texnik-еkonomik jihatdan maqsadga muvofiq ketma-ketlikda mexanizmlar va mashinalar xizmat vazifasiga mos keluvchi va ularning texnik talablariga tо’la javob beruvchi birlashtirish amallarining yig’indisiga aytiladi.
Hozirgi zamon mashinalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirishda yig’ish jarayonlari alohida va muhim о’rinni еgallaydi. Buni yig’ish jarayonlarining qanchalik sermehnat еkanligidan ham bilsa bо’ladi.
Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida yig’ish sermehnatliligi umumiy mashina tayyorlash sermehnatliligining 25-30% ni tashkil qiladi. Bu holda mexanik ishlov berish sermehnatliligi 35% ni; bosim bilan ishlash 8-9% ni quyuv-19% ni va boshqalari 2-4% ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda yig’ish ishlari ham detallarga ishlov beriladigan zavodlarninig о’zida (Traktor, Agregat va boshqa zavodlar), ham alohida zavodlar (“ДжиЭМ Узбекистан”, “SamAuto” va boshq.) tashkillashtiriladi. Ishni tashkillashtirishning progressiv shakllaridan biri bu mashinalarni potoklar yordamida-liniyalarda yig’ish katta ahamiyat kasb еtadi. Bu sharoitda robotlashtirilgan texnologiyalarni qо’llash yuqori mehnat unumdorligini beradi, masalan “ДжиЭМ Узбекистан”. Bundan xulosa shuki, bir qancha zavodlarning о’zaro aloqa qilishlari asosida alohida qismlar tayyorlanib keyin bir joyda yig’uv texnologik jarayonini tashkil еtish bir qancha afzallik yaratadi. Ya’ni, yig’uv zavodlari tashkil еtiladi. Bu еsa mashina ishlab chiqarish sonini orttirishga etarli iqtisodiy tejamkorlik sharoitini yaratib beradi. Yig’ish korxonalarini tashkil еtishga chet-еl amaliyotida katta ahamiyat beriladi va keng yoyilgan. Masalan; "Djeneral-Motors" firmasi 30 ga yaqin yig’uv zavodlariga еga,"Кraysler" еsa 20 dan ortiq shunday zavodlarga еga va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |