3. Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:
-Dastgohlarning noaniqligi, emirilishi va deformasiyalanishidan hosil
bо’luvchi xatoliklar;
-Texnologik tizimning haroratdan deformasiyalanish hatoligi;
-Texnologik tizimning bikirligi;
-Кeskich asboblar eyilishining ta’siri;
-Dastgohlarni sozlash hatoligi;
-Detallarni moslamalarga о’rnatish hatoligi;
-Tanavorlarning nusxalanish hatoligi;
-Tanavorlarning ichki kuchlanishidan sodir bо’luvchi xatoliklar va boshqalar.
Tekshirish uchun savollar
1. Mashinasozlikda aniqlik tushunchasini ta’riflab bering.
2. Tokarlik dastgohida detallar tayyorlash aniqligini tekshirish usullari
qaysilar?
3. Tayyorlanuvchi detallarda sodir bо’luvchi asosiy geometrik xatoliklarni
tasvirlab bering.
4. Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о’lchash usulini tavsiflab bering.
5. Aniqlikka avtomatik еrishish usulini tavsiflab bering.
6. Aniqlikka ta’sir kiluvchi asosiy faktorlar qaysilar?
7- M A`R U Z A
Mavzu "Aniqlikni tekshirish va baholash usullari".
Mavzu rejasi:
1. Statistikada sistematik xatoliklar tо’g’risidagi tushunchalar;
2. Aniqlikni еgri chiziq taqsimoti usulida tekshirish:
a) detallar о’lchamlarining jadval usulidagi taqsimoti;
b) detallar о’lchamlarining grafik usulidagi taqsimoti;
3. Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni);
4. Boshqa konuniyatlar tо’g’risida tushunchalar;
5. Aniqlikni nuqtali diagrammalar qurish asosida tekshirish usuli.
Adabiyotlar: [ 2 ] – 45-72 betlar, [ 4 ] –90-105 betlar.
Tayanch sо’zlar: 1.Gistogramma. 2. Sistematik xatoliklar. 3. O’zgaruvchan xatoliklar. 4. Tasodifiy xatoliklar. 5. Takrorlanish. 6. Nisbiy takrorlanish. 7. Taqsimot maydoni. 8. Gauss qonuni. 9. Simpson qonuni. 10. Boshqa qonunlar.
Statistikada sistematik xatoliklar tо’g’risidagi tushunchalar
Ma’lumki, matematika statistikasi bо’yicha texnologik sistemada sodir bо’luvchi barcha xatoliklar uch guruh xatoliklarga birlashtiriladi. Bular: sistematik doimiy xatoliklar, sistematik qonuniy о’zgaruvchan xatoliklar va sistematik tasodifiy xatoliklar.
Sistematik doimiy xatoliklarga; texnologik sistemaning geometrik, kinematik, sozlash xatoliklarini kiritish mumkin.
Sistematik qonuniy о’zgaruvchan xatoliklarga; texnologik sistemaning haroratdan deformasiyalanishi, u еlementlarining va keskich asboblarining eyilishi va boshqalar kiradi.
Tasodifiy xatoliklarga; texnologik sistema bikirligining о’zgaruvchanligi, ishlanuvchi tanavorlar kesib tashlanuvchi qatlamlarining bir xil о’lchamda bо’lmasligi, ular yuza qatlamlari qattiqligining xar xilligi, noma’lum ichki kuchlanishining mavjudligi, о’rnatuv hatoligi va boshqa xatoliklarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |