Tekshiish uchun savollar
1. Mashinaning sifat kо’rsatkichlariga qaysi omillar kiradi?
2. Sirt g’adir-budirligi qaysi parametrlar bilan hisoblanadi?
3. Tо’lqinsimonlik va shakl xatoliklarni qanday miqdorlar belgilaydi?
4. G’adir-budirlikka qaysi ishlov berish rejimlari kо’proq ta’sir kо’rsatadi?
5. Sirtqi qatlamlarning fizik-mexanik xossalari; nimalardan iborat?
6. Sirtqi qatlamda siqiluvchi kuchlanish hosil qilish uchun qaysi texnologik
amallarni qо’llashyaxshi samara beradi?
16 - M A ‘ R U Z A (2 soat) 12 - mavzu: "Tanavorlarga mexanik ishlov berish usullari", (4 soat).
M a ‘ r u z a rejasi : 1. Umumiy holat;
2. Metall keskich asboblar bilan ishlov berish;
3. Frezalar bilan ishlov berish;
4. Parmalar bilan ishlov berish;
5. Zenkerlar yordamida ishlov berish;
6. Razvertkalar bilan ishlov berish;
7. Sidirgichlar bilan ishlov berish;
8. Abraziv asboblari yordamida ishlov berish;
9. Xon kallag yordamida teshiklarni xoninglash;
10. Supperfinishlash usuli;
11. Ultrafinishlash usuli;
12. Ishqalash usuli;
13. Silliqlash usuli;
14. Boshqa usullarda ishlov berish.
1. Umumiy holat Mashina detallarining berilgan shaklda, о’lchamlarida va yuzalarining sifatli va aniq olinishi tanavorlarga tegishli usullarda ishlov berish natijasida
еrishiladi.
Hozirgi zamon mashinasozligida hali ham metallarga ishlov berishda kesib (qirindi chiqarib) ishlov berish birinchi о’rinda turadi (12.1-9-rasm).
Shuning bilan birga metallarga ishlov berishda: plastik deformasiya bilan, ya’ni bosim ostida ishlov berish, termik va kimyoviy-termik ishlov berish; еlektrfizikaviy, еlektr-kimyoviy, ultratovushlar yordamida ishlov berish, slesarlik ishlov berish va chiqindi chiqarmasdan tayyorlovchi texnologiya usullaridan keng foydalaniladi.
Slesarlik mexanik ishlov berishlar kо’pincha yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda oxirgi kompensator rolini о’ynovchi detallarni moslashtirib kesishda kо’p qо’llaniladi, shuningdek bu usul ta’mirlash ishlarida ham keng ishlatiladi.