14 - M A ‘ R U Z A , (2 soat).
10 - mavzu davomi (2 soat)
a о’lcham dopuski konstruktor tomonidan berilgan va oshirilishi mumkin emas, shuning uchun qо’yilgan masalani echishning yagona usuli, ayiruvchini kichiklashtirish hisoblanadi, ya’ni b о’lcham dopuskini kichiklashtirish talabini qо’yish Tb ni kichiklashtirishni shunday olib borish kerakki, ya’ni b о’lchamga va c texnologik о’lchamga texnologik bajariluvchi dopusklar о’rnatilsin. ya’ni, texnologik nuqtai nazardan b va c о’lchamlarini bajarish murakkabligi bir xilda bо’ladi (ikkala о’lcham ham о’lchamlarning bitta oralig’ida yotadi va gorizontal frezalash stanogida tayanch texnologik bazasidan olinadi), b о’lcham dopuski Tb=0,18 mm gacha kamaytirilgan, dastlabki a о’lcham dopuskining yarmiga teng. Bu holda, c texnologik о’lchamga b о’lchamga о’rnatilgan dopuski yaqin bо’lgan dopusk tayinlash mumkin. Uzil-kesil о’lcham b dopuski bilan tayinlanadi, standartga yaqin bо’lgan, dopusk maydonini nominaliga nisbatan chizmada о’rnatilgan manfiy og’ishini saqlab, ya’ni b=50-0,16= 50h11 bо’ladi. U holda texnologik о’lchamning hisobli dopuski Tc = 0,36-0,16 = 0,20 mm bо’ladi. Texnologik о’lcham c ning chegaraviy qiymatlari о’sha b-rasmdagi о’lchamli zanjirdan aniqlanadi.Ya’ni:
a = b - c: amax = bmax - cmin; cmin = bmax - amax = 50-(10+0,36)= 40-0,36 mm;
amin = bmin - cmax; cmax = bmin - amin = 50-0,16-10 = 40-0,16 mm.
O’lcham hisobli qiymati c = 40 -0,16/-0,36 mm; Uzil-kesil bu о’lchamni standartga yaqin bо’lgan qiymati c= 40 -0,17/-0,33 mm olinadi, bunga mos ravishda c = 40 b11 qiymat qabul qilinadi.
O’rnatilgan texnologik о’lcham c ning chegaraviy qiymatlari hisobli о’lchamlar chegaralarida yotadi.
Maksimum va minimumga nazorat qiluvchi hisoblash
[amax=50-(40-0,33)=10+0,33; amin=50-0,16-(40-0,17)=10+00,1]
kо’rsatadiki, ya’ni dastlabki konstruktorlik о’lcham a ning chegaraviy qiymatlari chizmada о’rnatilgan chegaraviy о’lchamlar oralig’ida yotadi va о’lchamlarni qayta hisoblash tо’g’ri bajarilgan.
Ba’zi bir hollarda, qachon standart о’lcham, hisobli texnologik о’lcham c ga yaqin bо’lgan, о’zining dopusk maydoni qiymati bо’yicha hisoblanganga qaraganda sezilarli farq qiladi, hisoblanuvchi о’lcham c uzil-kesil qabul qilinishi mumkin.
O’tkazilgan hisoblashlar asosida tanavorni operasion eskizlarida chizmadagi 10N14 va 50h14 о’lchamlar о’rniga yangi b= 50h11 va c=40v11 о’lchamlar qо’yilgan bо’lishi kerak. Shunday qilib, texnologik va konstruktorlik (о’lchov) bazalarni bir yuzada yotmasligiga bog’liq holda ishchiga konstruktor tomonidan о’rnatilgan dopusklarga qaraganda, haqiqatdan ham aniqroq dopuskli о’lchamlarni bajarishga tо’g’ri keladi.
Ко’rilgan holda chizmada о’rnatilgan h14 bо’yicha dopusklar о’rniga, h11 va b11 bо’yicha о’rnatilgan dopusklar ushlanishi kerak.
Agarda ishlov berishning talab etilgan aniqligini sezilarli ravishda oshirishi unumdorlikni juda ham kamayishiga va mahsulot tannarxini oshishiga olib kelsa, unda konstruktorlik baza A dan bevosita ariqchani frezalash imkonini beruvchi maxsus moslama qо’llash maqsadga muvofiq bо’lishi mumkin. Texnologik tayanch baza A yuza, bir vaqtning о’zida konstruktorlik baza ham hisoblanadi, qaysindanki, xech qanday qayta hisoblashsiz konstruktorlik о’lcham a=10+0,36 mm о’lcham bevosita ushlanadi. b о’lchamning о’zgarishi konstruktorlik о’lchamni olish aniqligiga hech qanday ta’sir qilmaydi, shuning uchun bu erda dopuskni kamaytirish uchun keskin talab qо’yish uchun zarurat qolmaydi.
12.13, b-rasmda frezalar komplektida bir vaqtda A yuzasi bilan birga ariqchani frezalash sxemasi kо’rsatilgan. Huddi shunday, oldingi hol kabi, ariqcha texnologik baza A yuzadan ishlov beriladi (bu erda sozlanuvchi o’lcham hisoblanadi), konstruktorlik va о’lchov bazalari bilan bir yuzada yotadi. Кonstruktorlik о’lcham a=10+0,36 mm hech qanday qayta hisoblashsiz ushlanadi va dopusklarni hech qanday qat’iy kamaytirmasdan, konstruktor tomonidan о’rnatilgan dopuskni, bu erda shuningdek o’zgartirish talab etilmaydi. A yuzani b о’lchamga ishlov berish uchun B yuza tayanch texnologik baza bо’lib hizmat qiladi, qaysiki u ham chizmada о’rnatilgan Tb=0,62mm dopusk bilan uni qat’iy cheklamasdan bajarilishi mumkin.
10.12 va 10.13 rasmlarda kо’rilgan tо’g’ri burchakli ariqchali (pozli) prizmatik tanavor misoli kо’rsatadiki, ya’ni texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda texnolog turli kо’rinishdagi texnologik bazalarni qо’llashi mumkin ekan.
Texnologik jarayonlarning mumkin bо’lgan variantlari о’zining afzalliklariga va kamchiliklariga ega. Masalan, tanavorlarga tayanch texnologik bazalardan ishlov berishda, konstruktorlik va о’lchov bazalar bilan bir yuzada yotmagan (10.12-rasm), о’lchamlarni qat’iy hisoblash va dopusklarni sezilarli qat’iy cheklash zarurati tug’iladi, ya’ni unumdorlikni pasayishi va ishlov berishning qimmatlashishiga olib keladi. Ammo tanavorni tayyorlash uchun xususiylashgan moslamalar yoki asboblar talab еtilmaydi. Tanavorlarga konstruktorlik va о’lchov bazalar bilan bir yuzada yotgan tayanch texnologik bazadan ishlov berishda (10.13,a-rasm), konstruktorlik о’lchamlarni qayta hisoblashsiz va konstruktor tomonidan berilgan dopusklarni qat’iy cheklamasdan bevosita ushlash imkoni tug’iladi, demak, ishlov berish unumdorligi ham pasaymaydi, ammo, maxsus va har doim qulay bо’lmagan moslama yaratilishi talab еtiladi. Agarda о’lchamlar konstruktorlik va о’lchov bazalar bilan bir yuzada yotgan sozlanuvchi texnologik bazadan ushlansa (10.13,b-rasm), shuningdek dopusklarni qayta hisoblash va qat’iy cheklab qо’yishga hojat qolmaydi, biroq, amallarni bajarish uchun tanlangan kesuvchi asboblar talab еtiladi. Texnologik jarayonni еng yaxshi variantini tanlash, ishlab chiqarishning konkret sharoitini hisobga olgan
10.13 -rasm. Кonstruktorlik baza bilan mos tushuvchi,
A texnologik bazadan ariqcha frezalash.
holda texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |