Ma’lum haroratgacha sovitilganda suyuq metalda kristalliklar (mayda zarrachalar) hosil bo’la boshlaydi - bular kristallanish markazlaridir yoki tug’malaridir («zarodishi»). Bularni o‘sishi uchun metallni erkin energiyasi kamayishi kerak; aks holda tug‘malar erib ketadi. Kristallanish jarayoni ikki bosqichdan iborat: 1 - kristallanish markazlarini hosil bo’lishi; 2 - kristallarni o‘sishi (yuqorida hosil bo’lgan markazlar – tug’malar atrofida). Shuni aytish kerakki bu davrda yangi markazlar – tug’malar paydo bo’la boshlaydi. Kristalllanish mexanizmi modeli quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |