Jismlar to‘rtta agregat holatda bo‘lishi mumkin: qattiq, suyuq, gaz, plazma. Jism bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi mumkin, agar ikkinchi holat sharoitida yangi holat ko‘proq turg‘un (barqaror) bo‘lsa. Tashqi sharoit o‘zgarishi bilan erkin energiya murakkab qonuniyat bo‘yiga o‘zgaradi; suyuq va kristallik holat uchun har xil. Suyuq va qattiq holat erkin energiyalarning harorat ta’sirida o‘zgarishi 2.1 rasmda ko’rsatilgan: S.D. Nurmurodov, A.X. Rasulov, A.A. Allanazarov “Mashinasozlik materiallari” 1.22-rasm (Toshkent 2020)
Do'stlaringiz bilan baham: |