Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar Kutubxonalar maktab, kollej, litsey, universitetlarda va boshqa ko’plab o’quv dargohlarida mavjud. Bu kutubxonalarda esa yuzlab kitoblar mavjud. Hozirgi kunda bu kitoblarni ro’yhatga olishni va foydalanuvchilarga ijaraga berishni boshqarish uchun avval qo’g’ozda keyin esa ushbu ma’lumotni komputerga ko’chirish talab etiladi. Men taklif etayotgan qurilmaning vazifalaridan biri RFID( Radio frequancy identification) texnologiyasi orqali kitoblarni ro’yhatga olish va chiqarishdir.Ya’ni har bir kitobga RFID yorlig’i yopishtiriladi.Yorliq RFID texnologiyasiga yaqinlashtirilganda kitob haqidagi ma’lumotlar web platformaga yuklanadi . Bu ma’lumotlar internet sahifalariga hamda komputer xotirasiga yuklab qo’yish mumkin. Bu esa kitoblar ma’lumotlarini har joydan turib kuzatish imkonini beradi. Qurilma afzalliklari :
-Kitoblarni avtomatik ro’yhatga olish. Kitobni RFID qurilmasiga yaqinlashtirilganda avtomatik ro’yhatga qo’shadi.
-Kitoblarni og’irligini o’lchash orqali zarar yetkazilmaganligini tekshirish. Hozirgi paytda asosan kitobxon ijaraga olgan kitobni qaytarib olib kelganda kitob varoqlari birma bir tekshirilmaydi. Buni yagona usuli uni oldingi vazni bilan kitobxon olib kelgandagi vazni o’lchanib, taqqoslash hisoblanadi
-Qurilma internet bilan ham ishlay olishini hisobga olib , kitoblar ro’yhatini online kuzatish mumkin. Bu kitobxonlar uchun har soniyada kitoblar bor yo’qligini bilib borishi mumkin.
Qurilmaning asosiy vazifalaridan biri bu kutubxonaga kitobxonni telefoniga yopishtiriladigan RFID yorlig’i orqali ro’yhatga olish hisoblanadi. Ya’ni kitobxon alohida ma’lumotnoma doim olib yurish shart emas. Telefonidagi yorliq orqali kitobxonni ma’lumotlarini bilib olish mumkin. Bu har tomonlama qulay usul hisoblanadi. Chunki telefon doim birga olib yuriladi.
RFID texnologiyasini turli xil dasturlar orqali boshqarish mumkin. RFID texnologiyasini boshqarish uchun C++ dasturlash tilida Arduino dasturida yozildi.
RFID boshqaruv tizimining web platformasi tuzilishi ko’rsatilgan. U yerda bosh panel mavjud bo’lib, tizim uchun kerakli bo’limlardan tashkil topgan. Bu platforma orqali har daqiqa kitob kimga berilishini, qachon qaytarishini. Hozirda mavjud kitoblar ro’yhatini online kuzatib borish mumkin.
Bu loyihamiz orqali texnologiya tan narxini 5430000 so’m kamaytirishga erishamiz. Bu bilan biz mahsulot narxini 4 barobar arzonlashtirishga erishamiz. Yuqoridagi xulosalarni inobatga olgan holda 1 oyda bu loyiha harajatlarini oqlaydi
Xulosa RFID texnologiyasini qo’llagan holda kutubxona boshqaruvini takomillashtirish va xavfsiz, har tomonlama qulay tizimni yaratishdir. Shu kunga qadar barcha qo’llanilayotgan RFID texnologiyasining analoglarini o’rganib chiqdim. Ularni kamchilik va afzallik jihatlarini tahlil qildim. Ushbu izlanishim davomida radiochastotani identifikatsiya qilish, ma'lumotlarni shifrlashning yangi usullarini ishlab chiqish, ma'lumotlarni uzatishning asinxron kanallarini ishlab chiqish va takomillashtirish, ochiq kalitlarni kodlash algoritmidan foydalanish kabi muhim bosqichlarni yangi usullarini qo’lladim. Kutubxonalar maktab, kollej, litsey, universitetlarda va boshqa ko’plab o’quv dargohlarida mavjud. Bu kutubxonalarda esa yuzlab kitoblar mavjud.
Hozirgi kunda bu kitoblarni ro’yhatga olishni va foydalanuvchilarga ijaraga berishni boshqarish uchun avval qo’g’ozda keyin esa ushbu ma’lumotni komputerga ko’chirish talab etiladi. Men taklif etayotgan qurilmaning vazifalaridan biri RFID( Radio frequancy identification) texnologiyasi orqali kitoblarni ro’yhatga olish va chiqarishdir.Ya’ni har bir kitobga RFID yorlig’i yopishtiriladi.Yorliq RFID texnologiyasiga yaqinlashtirilganda kitob haqidagi ma’lumotlar web platformaga yuklanadi . Bu ma’lumotlar internet sahifalariga hamda komputer xotirasiga yuklab qo’yish mumkin. Bu esa kitoblar ma’lumotlarini har joydan turib kuzatish imkonini beradi. RFID texnologiyasi qo’llagan va qo’llamagan tashkilotlar orasida iqtisodiy hamda unumdorlik jihatlarini taqqoslab chiqdim.
RFID texnologiyasi mavjud tashkilot barqaror ish ko’lami zezirarli darajada yuqoriroq bo’lishini kuzatdim. Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki , RFID texnologiyasi boshqa davlatlardan nafaqat import qilish , balki bu texnologiyani mahalliylashtirib soddaroq, mukammalroq, qulayroq, hamda arzonroq ishlab chiqarishga tadbiq qilish mumkin. Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki , shu paytgacha bu texnologiya qimmat tushayotganligi sababli ko’plab kutubxonalar foydalana olmas edi . Bu loyiham orqali kichik kutubxonalar ham RFID texnologiyasini qo’llay oladi.
Bundan tashqari, RFID texnologiyasi haqida umumiy ma’lumot, RFID yorliqlari va ishlash jarayonlarining texnologik asoslari, RFID texnologiyalarini kutubxonadagi kitoblarni ro’yhatga olish va chiqarish jarayonlarini boshqarishning strukturaviy sxemasi , boshqarish jarayonlariga RFID texnologiyalarini boshqarishni rivojlanishi va takomillashuvining zamonaviy tendensiyalari, RFID boshqaruv tizimini ishga tushirish xarajatlarini hisoblash va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichlarini hisoblash, texnologiyaning asosiy qismlari va ularning ishlash prinsiplari, qo’llanish sohalari, afzalliklari hamda RFID texnologiyasining turlari tadqiq qilingan.