7
ish rejimi boshqaruvining sezgir
elementlari;
elektrik o‗zgartirgichlar(datchiklar va elektromagnitli relelar);
avtomatik
qurilma
kuchaytirgichlari(magnitli,
elektromagnitli,
elektrovakuumli, yarimo‗tkazgichli, porshenli kuchaytirgichlar);
mexanizmlarning burchak holatlarini o‗lchovchi elementlar(halqali
potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar);
teskari aloqaning richagli, elektromexanik, pnevmatik, elektronli va boshqa
elementlari;
avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari(elektrli, gidravlik,
pnevmatik va boshqa turli).
Har qanday boshqarish jarayoni to‗rtda tashkil etuvchilarga bo‗linishi
mumkin:
1) ob‘yekt holati parametrlarining qiymatini berish yoki boshqarish haqidagi
ma‘lumotni olish;
2) ob‘yekt holati haqidagi ma‘lumotni olish;
3) olingan ma‘lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya‘ni boshqarish
signalini shakllantirish;
4) shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish – ishlab chiqiqgan
boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta‘sirini amalga tadbiq etish.
Avtomatik boshqarishni tadbiq etish uchun mos zaruriy elementlar
quyidagilardir:
topshiriq
beruvchi(zadayushiy),
o‗lchovchi,
boshqaruvchi(rostlovchi) va ijro etuvchi elementlar.
Topshiriq beruvchi element (zadatchik)
deb, boshqarish maqsadiga mos
siganllarni ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilma
sifatida oddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz
dasturiy qurilmalar va boshqalar ishlatilishi mumkin.
10
murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo‗shimcha elementlarsiz
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi.
Bu esa o‗z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini
isbotladi.
Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog‗onasi
hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina,
qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan
holis bo‗ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini
yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‗plab
jarayonlar uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni umuman olganda uch davrga
bo‗linadi.
Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Jarayonning
ayrim parmetrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida o‗rnatilgan yirik o‗lchamli
asboblarning ko‗rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda
asboblarni mashina
va uskunalar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug‗dirmaydi.
Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‗rsatadigan yirik o‗lchamli
asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o‗lchash asbobi, rostlagich va topshirgich
joylashtiriladi.
Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtrish. Bunda
rostlash alohida shchitga o‗rnatilgan asboblar bo‗yicha olib boriladi. Yirik
o‗lchamli asboblardan foydalanish bu shchitni bir necha metrga cho‗zilib ketishiga
olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu
davrida shchitdagi asboblarni hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‗ladi. Bu
masalani hal qilish uchun kichik o‗lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Uchinchi davr - to‗liq avtomatlashtirish davri. Bu davrning xarakterli
xususiyati shundaki, barcha jarayonlar yagona dispetcherlik punktiga
markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish extiyoji
paydo bo‗ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o‗lchash va rostlash asboblari
(yirik gabaritli) shchitdan tashqariga o‗rnatiladi.