6. Yo`l tavsifining sovuqqa chidamliligini ta’minlash va uni quritish.
Yerli asosning suv-issiqlik tartibini yaxshilash, qishki namgarchiliklarning
to`planishini kamaytirish, yer osti ko`lmak suvlar hosil bo`lishini oldini olish,
shuningdek bahorgi davrda yo`l kiyimlari turg`unligini oshirish uchun yerli asos
qurilishi yoki navbatdagi joriy ta’mir ishlari jarayonida tadbiriy choralar belgilanadi.
Jumladan yerli asos qirg`oqlari baland ko`tariladi, uning yuqori qatlamiga sovuqqa
chidamli tuproq sepiladi yoki undan yo`l kiyimlari ostiga qatlam qilinadi, yo`l
kiyimining tuproqli asosi namlanish manbalari (tuproq osti va yuza suvlari)dan
mahsus qatlam qilish bilan himoyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |