Nazorat testlari
Mashinani o’qitish (Machine Learning) – bu kompyuterni dasturlashning yangi yo’nalishi bo’lib, ma’lumotlarni ............ olish va shu ma’lumotlar asosida ............. xususiyatiga ega bo’lishidir.
a) o’qib; o’rganish;
b) saralab; differensiallash;
c) sezish; his qilish;
e) saralab; integrallash.
Mashinali o’qitish - bu ........................................
a) ma'lumotlardan ma'lumot olishdir; b) integrallashuv jarayonidir;
c) ma’lumotlarni to’plashdir; e) his qilish jarayonidir.
3. X - obyektlar to’plami, Y- javoblar to’plami uchun f:X→Y no’malum bog’liqlik maqsad funksiyani aniqlashning hal qiluvchi (decision function) R:X→Y algoritmini qurish – bu .............. masalasining qo’yilishi hisoblanadi.
a) o’qitish; b) integrallashuv; c) gibridlashuv; e) masofani hisoblash.
4. Muammoni aniqlash, ma’lumotlarni tayyorlash, algoritmni ishlab chiqish va baholash, natijaviy ma’lumotlar aniqligini oshirish va yakuniy natijani taqdim qilish –bu .................. bosqichlari hisoblanadi.
a) mashinani o’qitish;
b) ekspertlarni aniqlash;
c) mashinani sozlash;
e) ekspertlarni tanlash.
5. Mashinali o’qitishning oddiy tizimlari obyektlardagi ………... fizik tabiati bo‘yicha bir xildaligi bilan harakterlanadi.
a) belgilarning; b) qoidalarning; c) uzilishlarning; e) to’liqlikning.
6. Mashinali o’qitishning murakkab tizimlari obyektlardagi ………….. fizik tabiati bo‘yicha ko‘p xildaligi bilan harakterlanadi.
a) belgilarning; b) qoidalarning; c) uzliksizlikning; e) to’liqlikning.
7. Mashinali o’qitishning bir pog‘onali tizimlarda ………….. haqidagi ma’lumotlar o‘rganilayotgan obyektlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash natijasida olinadi.
a) belgilar; b) qaror qabul qiluvchi qoidalar; c) chiziqli qoidalar;
e) mantiqli qoidalar;
8. Mashinali o’qitishning ko’p pog‘onali tizimlarda ……..... haqidagi ma’lumotlar o‘rganilayotgan obyektlardan nisbiy o‘lchash natijasida olinadi.
a) belgilar; b) sinflar; c) tizimlar; e) bilimlar.
9. O’qituvchisiz (o’zini-o’zi) o‘qituvchi tizimlarda …….. alfaviti berilgan bo‘ladi.
a) obyektlar to‘plami va belgilar; b) sinflar to‘plami va obyektlar;
c) qoidalar to‘plami va sinflar; e) obyektlar to‘plami va sinflar.
10. Mashinali o’qitish tizimlarini sinflashtirishning 4- tamoyilda ................ haqidagi ma’lumotlarning harakterlarini o‘rganish e’tiborga olinadi.
a) obyektlarni anglashda belgilar; b) belgilarni sinflashda obyektlar;
c) qoidalarni bo’laklashda obyektlar; e) tizimlarni o’rganishda qoidalar.
11. Obyektlarni tanib olish jarayoni asosan nechta qadamdan iborat ?
a) 3; b) 5; c) 2; e) 4.
12. O‘qituvchili o’qitishda ………..... soni va obyektlarning qaysi sinfga qarashliligi oldindan berilgan bo’ladi.
a) sinflar, obyektlar, belgilar; b) belgilar, qoidalar, sinflar;
c) obyektlar, etalonlar, qoidalar; e) sinflar, qoidalar, masofalar.
13. O‘qituvchisiz o’qitishda ……………..... soni oldindan berilgan va obyektlarning qaysi sinfga qarashliligi oldindan berilmagan bo’ladi.
a) obyektlar, belgilar; b) belgilar, qoidalar;
c) obyektlar, qoidalar; e) qoidalar, masofalar.
14. Qaror qabul qiluvchi qoidani qurish .......................... aniqlashga asoslanadi.
a) o‘qituvchili yoki o‘qituvchisiz o’qitish jarayonida obyektlarga xos bo‘lgan asosiy belgilar tizimini;
b) o‘qituvchili o’qitish jarayonida idrok etishni;
c) o‘qituvchisiz o’qitish jarayonida etalon tanlovni;
e) o‘zini-o’zi o’qitish jarayonida etalon tanlovni.
15. Obyektlarni tanib olish etalon tanlovdagi ................ aniqlashga asoslanadi.
a) obyektlarni o’rganish jarayonida hosil qilingan qaror qabul qiluvchi qoida yordamida yangi obyektlarning qaysi sinflarga qarashli ekanligini;
b) to’liq bo’lmagan muhim belgilarini;
c) to’liq bo’lgan etalon tanlovdagi o’xshash sinflarni;
e) to’liq bo’lgan obyektlarini.
16. .......... o’qitish - bu ko'p qatlamli neyron tarmoqlarini tadqiq qilinayotgan obyektga tegishli juda katta miqdordagi ma'lumotlardan foydalanib, ularning tuzilishi va xususiyatlarini tushunishga qaratilgan jarayondir.
a) Chuqur; b) O’qituvchili; c) O’qituvchisiz; e) To’liqmas.
17. ..............o’qitish asosan neyron tarmoqlari asosida amalga oshiriladi va bunda quriladigan neyron tarmog’i xususiyatlari va o’qitish jarayoni muhim hisoblanadi hamda neyron tarmog’i aniqligini oshirishga xizmat qiladi.
a) Chuqur; b) O’qituvchisiz; c) O’qituvchili; e) To’liqmas.
18. ................. - o’qituvchili (supervised) o’qitish usuli hisoblanib, o’qitish natijasida qurilgan model doimiy qiymatlar qabul qiladi.
a) Regressiya; b) Sinflashtirish; c) Klasterlash; e) Identifikatsiyalsh.
19. Sinflashtirish - o’qituvchili (supervised) o’qitish usuli hisoblanib, o’qitish natijasida qurilgan model biron sinfga tegishli yoki tegishli emaslik haqidagi qiymat qabul qiladi.
a) Sinflashtirish; b) Identifikatsiyalsh; c) Klasterlash; e) Regressiya;
20. O’qituvchisiz (unsupervised) o’qitish usuli hisoblanib, o’qitish natijasida model oxshash xususiyatlarni aniqlashga oid qiymatlarni hisoblaydi.
a) Klasterlash; b) Identifikatsiyalsh; c) Sinflashtirish;e) Regressiya;
21. Chuqur o’qtitishda qaysi mashinali o’qitish usullaridan foydalaniladi?
a) klasterlash, sinflashtirish, regressiya;
b) tarmoqlash, integrallash, regressiya;
c) differensiallash, inversiyalash, chatishtiruv;
e) sinflashtirish, seleksiyalsh; ko’paytirish.
22. Chuqur o’qtitishning bosqichlari qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?
a) muammoni tushunib olish, ma’lumotlarni aniqlash, chuqur o’qitish algoritmni belgilash, modelni qurish, modelni testlash;
b) muammoni tushunib olish, ma’lumotlarni aniqlash, chuqur o’qitish algoritmni belgilash, klasterlash, sinflashtirish;
b) tarmoqlash, integrallash, regressiya, modelni qurish, modelni testlash;
c) muammoni tushunib olish, differensiallash, inversiyalash, chatishtiruv, chuqur o’qitish algoritmni belgilash.
e) sinflashtirish, seleksiyalsh; ko’paytirish, muammoni tushunib olish, ma’lumotlarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |