Berilgan: {x1, . . . , xℓ } X - o’qtiluvchi to’plam (training sample); yi = y (xi), i = 1, . . . , ℓ - ma’lum javoblar. Mashinani o’qitish jarayoni chiziqli yoki nochiziqli bo’lishiga qaramasdan quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
muammoni aniqlash.
ma’lumotlarni tayyorlash.
algoritmni ishlab chiqish va baholash.
natijaviy ma’lumotlar aniqligini oshirish.
yakuniy natijani taqdim qilish.
O’qitish masalasi quyidagicha qo’yiladi:
MO’ masalalarini yechishda qo’llaniladigan asosiy tushunchalarni keltiramiz:
obyekt - nuqta yoki to’plamning elementi bo’lib, u nomga va belgilar naboriga ega bo’ladi. Masalan, obyekt sifatida bemorning ismi qatnashsa, belgilar nabori sifatida uning yoshi, harorati, bosimi, og’irligi, bo’yining uzunligi va h.k. lar hisobga olinadi;
sinf deganda o’qituvchi tanlovdagi ba’zi bir obyektlar to’plami tushuniladi. Bu obyektlar to’plami o’xshash xususiyatlari bo’yicha sinflarga birlashtiriladi;
timsol(timsol) – obyekt, hodisa yoki jarayon bo’lib, ular ustida tanish yoki sinflashtirish amallari amalga oshiriladi;
belgi – obyektda o’lchash mumkin bo’lgan oddiy yoki murakkab xarakteristikasi;
belgilar alfaviti – obyektlar guruxini tavsiflovchi barcha mumkin bo’lgan belgilar ro’yxati;
invariant belgi – reseptor maydonida ba’zi almashtirishlar natijasida o’zgarmaydigan belgi;
timsollar fazosi – shunday fazoki, uning o’qiga belgilar o’qi, nuqtalar fazosiga mos sinflarning obyektlar to’plami mos keladi;
tanlov – bu obyektlar to’plami bo’lib, obyektlarda belgilar alfaviti aniqlangan bo’ladi;
o’qituvchi tanlov – tanlovdan ixtiyoriy yoki maxsus qoidalar asosida ajratib olingan obyektlar to’plami bo’lib, ular sinflarga ajratilgan bo’ladi. Ushbu sinflarda obyektlar to’plami va ularda aniqlangan belgilar alfaviti berilgan bo’ladi. O’qituvchi tanlov predmet soha mutaxasisi tomonidan ham tanlab olinishi mumkin. O’qituvchi tanlovdan har bir sinfga xos bo’lgan namunaviy obyektlar va ularga xos belgilar tizimosti topiladi. Topilgan namunaviy obyektlar va ularga xos belgilar tizimostiga mos qaror qabul qiluvchi qoida quriladi. Bu qoidalar yangi obyektlarni tanishda qo’llaniladi.
sinov tanlov – bu obyektlar to’plami bo’lib, ular o’qituvchi tanlovdan hosil qilingan qaror qabul qiluvchi funksiya yordamida sinflashtiriladi yoki taniladi;
o’qitish jarayoni – bu shunday jarayonki, bunda o’qituvchi tanlovda joylashgan har bir sinfdagi obyektlarning belgilar alfavitidan har bir sinf uchun shunday muhim yoki muhim emas belgilar topiladi va ular asosida qaror qabul qiluvchi funksiya quriladi;
avtomatik o’qitish jarayoni - bunda o’qituvchi tanlovni tuzishda mutaxasis(ekspert) bevosita qatnashmaydi. Bunda sinflar haqida aprior ma’lumotlar ma’lum bo’lmaydi va obyektlar hamda belgilar alfaviti berilgan bo’ladi. Sinflar avtomatik ravishda hosil qilinadi.
qaror qabul qiluvchi qoida - bu o’qituvchi tanlovdan har bir sinf uchun tanlab olingan muhim yoki muhim emas belgilar tizimiga mos keluvchi funksiya bo’lib, undan sinov tanlovdagi yangi obyektlarni tanishda yoki sinflashtirishda foydalaniladi;
3. Mashinali o’qitishning sun’iy intellektda qo’llanilishi
SIning vaqtli taqvimi 1.7-rasmda keltirilgan.
Zamonaviy ATlarning asosiy yo`nalishlardan biri insonga talluqli bo`lgan vazifalarni bajaruvchi sun’iy intellekt tizimlarni yaratishdir.
Sun’iy intellekt deganda – maqsadli yo’nalishdagi harakatni o’zida namoyon qilish qobiliyatiga ega ixtiyoriy biologik, sun’iy yoki formal tizimlar tushuniladi. Sun’iy yoki formal tizimlar muloqot, bilimlarni yig’ish, idrok etish, o’rgatish, anglab olish, moslashish va h.k. larni o’z ichiga oladi.
SI – hisoblash mashina(HM)larining insonlarga aqlli bo`lib ko`rinadigan tomonlarini bajarishga imkon beradigan konsepsiyalar haqidagi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |