Mashinalarni loyixalash asoslari


Qattiq xolda kristallanish yoki ikkilamchi kristallanish



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana31.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#211553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
materialshunoslik va kmt

Qattiq xolda kristallanish yoki ikkilamchi kristallanish. 

Ikkilamchi kristallanishda bir kristall donachalari boshqa kristall donachalariga aylanadi, 

ya'ni qayta kristallanadi. Ikkilamchi kristallanishda kam birligiga kristallanishdan hamma 

qonuniyatlar bajariladi. Masalan, kristallanish markazining hosil bo`lishi, uning o`sishi, hamda, 

o`ta sovush miqdori katta bo`lgan markazlarning kritik o`lchami kamayadi va x.k. 

Ammo ikkilamchi kristallanishning o`ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, ikkilamchi 

kristallanish allotropik shakl o`zgarishiga ega bo`lgan metall va qotishmalarda mavjud bo`lishi 

mumkin. Ikkinchidan, metall sovutilganda (ikkilamchi kristallanish) kristallanish nazariy T

e

 

temperaturadan pasda, isitish uchun esa yuqoriroq bo`ladi. Sovutishda esa kristallanishnnng 



issiqlik chiqarish bilan bo`lsa, isitishda esa issiqlik yutiladi. 

Biz yuqorida bir jismning ikki xil kristall panjaraga ega bo`lishiga allotropik shakl 

o`zgarish yoki polimorfizm deb ataladi. Har qaysi allotropik sodifikatsiya ma'lum solishtirma 

og`irlikka ega, ya'ni kristall panjara atom zichligi va parametrlar har xil bo`ladi, har bir 

modifikatsiyadan o`tishda zichlik har xil bo`lganligi uchun ichki kuchlanishlar paydo bo`lali. 

Ikkilamchi kristallanishni temirni sovutishda allotropik shakl o`zgarishida xarakterlab 

berish mumkin. Temir ikki modifikatsiya, ya'ni ikki allotropik shakl o`zgarishiga ega Fe 

"temperatura -vaqt" diagrammasi allotropik shakl o`zgarishi temperatura gorizontali bilan 

xarakterlanadi, ya'ni ikkilamchi kristallanish ham izotermik protsessidir. 

0°-911°C gacha temperaturada elementar yacheykani markazlashgan kub formasiga ega 

va uning parametriga esa a=286 A ga teng, koordinatsiya soni esa K8. 9P°-1392°C gacha temir 

elementar yacheykani yoqlari markazlashishga kub formaga ega va uning parametri a=3,62 A 

(911°C da), koordinata soni esa K12. 911°C dan to 1539 °C gacha temir yana markazlashgan 

kub yacheykaga ega. 

768 °C dagi temperatura gorizontali, hech qanday allotropik shakl o`zgarishi bilan 

bog`liq emas, balki metallarga magnitlik xossasi bilan bog`liq. Ana shu nuqtadagi yuqorida temir 

magnitlik xossasini yo`qotadi, ya'ni paromagnitdir, pastda esa magnitli xossasiga ega. Bunday 

o`zgarish faqat temirga ta'luqli bo`lishidan balki ko`pchilik metallarga tegishli. Bu kashfiyotni 

Kyuri ochganligi uchun Kyuri nuqtasi deb ataladi.    

 


Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish