Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan


-§. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar



Download 0,9 Mb.
bet25/26
Sana13.07.2022
Hajmi0,9 Mb.
#786342
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan

3-§. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar
10. Xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiya qilish bo‘yicha ekspertiza xulosasi mazkur Talablarning 2-paragrafiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari hamda xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tavsiyalarini e’tiborga olgan holda rasmiylashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
11. Xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiya qilish bo‘yicha ekspertiza xulosasiga xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash varaqasi hamda mazkur Talablarning 2-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini umumlashtirish varaqasi ilova qilinadi.
4-§. Ekspertiza xulosasini hisobga olish bo‘yicha talablar
12. Rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan hisobga olinadi. Hisobga olish raqami ekspertiza xulosasi titul varaqasiga qo‘yiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
13. Hisobga olish raqami chiziqcha (defis) bilan ajratilgan beshta belgilar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, XXX-XX-XXXX-XXXXX-XX ko‘rinishiga ega.
Birinchi belgilar guruhi (XXX) ekspert xulosasini rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti ro‘yxat raqamini bildiradi.
Ikkinchi belgilar guruhi (XX) ekspertiza obyektini bildiradi va ekspertiza obyektining shartli belgilarini quyidagi mazmunda aks ettiradi:
LH — xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
TQ — xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari;
BI — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
XD — sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi;
BH — xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosalarini hisobga olish raqamining ikkinchi belgilar guruhiga IX (xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasi) belgisi qo‘yiladi.
Uchinchi belgilar guruhi (XXXX) ekspertiza xulosasini ekspert tashkilotida rasmiylashtirish tartibidagi hisobga olish raqamini bildiradi.
To‘rtinchi belgilar guruhi (XXXXX) ekspertiza xulosasini “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida hisobga olish raqamini bildiradi.
(13-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
Beshinchi belgilar guruhi (XX) ekspertiza xulosasini tasdiqlangan yilining oxirgi raqamlarini ifodalaydi.
Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga
1-ILOVA


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish