3-§. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar
10. Xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiya qilish bo‘yicha ekspertiza xulosasi mazkur Talablarning 2-paragrafiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari hamda xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tavsiyalarini e’tiborga olgan holda rasmiylashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
11. Xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiya qilish bo‘yicha ekspertiza xulosasiga xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash varaqasi hamda mazkur Talablarning 2-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini umumlashtirish varaqasi ilova qilinadi.
4-§. Ekspertiza xulosasini hisobga olish bo‘yicha talablar
12. Rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan hisobga olinadi. Hisobga olish raqami ekspertiza xulosasi titul varaqasiga qo‘yiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
13. Hisobga olish raqami chiziqcha (defis) bilan ajratilgan beshta belgilar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, XXX-XX-XXXX-XXXXX-XX ko‘rinishiga ega.
Birinchi belgilar guruhi (XXX) ekspert xulosasini rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti ro‘yxat raqamini bildiradi.
Ikkinchi belgilar guruhi (XX) ekspertiza obyektini bildiradi va ekspertiza obyektining shartli belgilarini quyidagi mazmunda aks ettiradi:
LH — xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
TQ — xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari;
BI — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
XD — sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi;
BH — xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosalarini hisobga olish raqamining ikkinchi belgilar guruhiga IX (xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha ekspertiza xulosasi) belgisi qo‘yiladi.
Uchinchi belgilar guruhi (XXXX) ekspertiza xulosasini ekspert tashkilotida rasmiylashtirish tartibidagi hisobga olish raqamini bildiradi.
To‘rtinchi belgilar guruhi (XXXXX) ekspertiza xulosasini “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida hisobga olish raqamini bildiradi.
(13-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
Beshinchi belgilar guruhi (XX) ekspertiza xulosasini tasdiqlangan yilining oxirgi raqamlarini ifodalaydi.
Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |