28-rasm. Transport vositasiga o„rnatiladigan diagnostic datchik turlari.
Transport vositalarini texnik diagnostikalash usullari
Transport vositalarini texnik diagnostikalash va diagnostik parametrlarni
o‗lchash usullari ularning fizik mohiyati bilan ifodalanadi. Diagnostik
parametrlarning turiga qarab diagnostikalash usullari uchga bo‗linadi:
I.
Ekspluatatsion xususiyatlardan kelib chiquvchi parametrlar bo‗yicha
diagnostikalash
-
Tortish-iqtisodiy ko‗rsatkichlari (yetakchi g‗ildiraklardagi tortish kuchi,
quvvati, yonilg‗i sarfi va h.k.). Diagnostikalashning tortish-iqtisodiy (energetik)
usullari tizim va agregatlar ishining samaradorligi, yonilg‗i sarfi, ishlab chiqarilgan
energiya, uni uzatish va isroflari parametrlarini o‗lchashga asoslangan. Ular,
shuningdek,
samaradorlik
yoki
yuklanish-tezlik
parametrlari
bo‗yicha
diagnostikalash usullari nomlari bilan ham ma‘lum. Energetik usullardan transport
vositasi ekspluatatsiyasidagi ish tartibotlari va sharoitlarini imitatsiya qiladigan
yuklamali yoki dinamometrik stendlar yordamida umumiy diagnostikalash uchun
foydalaniladi.
-
Tormoz tizimining samaradorligi ko‘rsatkichlari.
Transport vositasining
103
tormozlanishi uning samaradorligi va turg‗unligi bilan tavsiflanadi. Tormoz tizimini
diagnostikalashda transport vositasining g‗ildiraklardagi tormoz kuchi, tormoz
yuritmasining ishga tushish vaqti, tormozlanish yo‗li va boshqa parametrlari
aniqlanadi.
-
Yurish xususiyatlari ko‗rsatkichlari (boshqaruvchi g‗ildiraklardagi yon
tomon kuchlari va h.k.).
-
Atrof-muhitga zararli ta'sir ko‘rsatkichlari (ishlatilgan gazlar zaharliligi,
quyuq tutun, shovqin va h.k.).
Motorning chiqindi gazlarini har xil moddalar bilan
to‗yinganligi bo‗yicha diagnostikalash usuli nafaqat ichki yonuv dvigateli texnik
holatini baholash, balki transport vositasi ekologik xavfsizligini baholash uchun ham
muhim ahamiyatga ega.
II.
Geometrik parametrlar bo‗yicha diagnostikalash
Geometrikparametrlarbo‗yichadiagnostikalashusuli
(tirqishlar,
liqillashlar,
erkinyurishlar,
tebranishlar)
transmissiya,
rulboshqaruvi,
oldingiko‗prik,
podshipniklartexnikholatinibaholashuchunqo‗llaniladi.
Masalan,
transmissiyadagiumumiyburchaktirqishiningo‗sishitishlig‗ildiraklar,
shlitsalivashponkalibirikmalaryeyilganliginitaxminqilishimkoniniberadi.
Ayrimgeometrikparametrlardansozlashishlariuchunbevositafoydalaniladi.
Masalan,
boshqariluvchig‗ildiraklaro‗rnatishburchaklari,
klapanlarissiqliktirqishlarinisozlashda.
Qo‗llaniladiganvositalargabog‗liqholda,
diagnostikalashsubyektivvaOb‘ektivbo‗lishimumkin.
III.
Hamroh jarayonlar parametrlari bo‗yicha diagnostikalash
-
Ishchi hajmlarning jipsligi.
Ishchi hajmlarning jipsligi bo‗yicha
diagnostikalash usuli gaz yoki suyuqliklar sirqib chiqib ketishini baholashga
asoslangan. Bu usul silindr-porshen guruhining yeyilish darajasi, gaz taqsimlash
mexanizmi klapanlari va sovitish tizimi jipsligini baholashda qo‗llaniladi. Havoning
sirqib chiqishi bo‗yicha tormozlar pnevmatik yuritmasi, suyuqlik sirqib chiqishi
bo‗yicha motorni moylash va oziqlantirish tizimlari holati, transport vositasi
karterlari butunligi va boshqalar aniqlaniladi.
-
Issiqlik ajralishining jadalligi.
Issiqlik usullarini qo‗llab o‗tkaziladigan
104
diagnostikalashda qizitish harorati, uni o‗lchash tezligi parametrlari, ajralgan issiqlik
miqdori tahlil etiladi. Issiqlik usullaridan sovitish tizimi, uzatmalarni o‗zgartirish
qutisi, orqa ko‗prik reduktori, g‗ildiraklar gupchagi podshipniklarining texnik
holatini aniqlash uchun foydalaniladi.
-
Tebranish jarayonlarining ko‘rsatkichlari
(elektr
zanjirlaridagi
kuchlanishning o‗zgarishi, tebranish darajasi, quvur o‗tkazgichlarida bosimning
o‗zgarib turishi va h.k.). Vibroakustik usullar tovush signali yoki titrashlardan
diagnostik parametr sifatida foydalanishga asoslanadi. Titrash manbayi mexanik
sabablar hisoblanadi: aylanuvchi qismlar muvozanatining yo‗qolishi - disbalans
(masalan, nasoslarning ishchi va tishli g‗ildiraklari, podshipniklar va h.k.),
tutashmalarning bo‗shashib ketishi hamda gidrodinamik kelib chiqish sabablari -
bosimning o‗zgarib turishi, suyuqlik kavitatsiyasi va boshqalar. Diagnoz qo‗yish
uchun tebranish jarayonlarining amplituda-chastota xarakteristikalari tahlil etiladi. Bu
usullar silindr-porshen guruhi, gaz taqsimlash mexanizmi, yonilg‗i apparaturasini
diagnostikalash va shovqinning umumiy darajasini aniqlashda qo‗llaniladi.
Shovqinning umumiy darajasi transport vositalarining turli toifalari bo‗yicha ularning
me‘yoriy qiymatlari bilan xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida taqqoslanadi. Bu
usulning qo‗llanilishi diagnostikalanadigan uzellarni bo‗laklarga ajratishni talab
qilmaydi va vujudga kelgan nosozlikni aniqlash yoki uning vujudga kelishini
oldindan aytib berish imkonini beradi.
-
Ishlatilgan ekspluatatsion materiallarning fizik-kimyoviy tarkibi.
Moy tarkibi
bo‗yicha diagnostikalash usulidan dvigatel va transmissiya detallari yeyilish jadalligi,
filtrlash tizimining sozligini aniqlashda foydalaniladi. Parametrlar moy namunalarini
tahlil etishda va moydagi yeyilganlik mahsulotlarini aniqlashda o‗lchanadi. Moy
namunasi tahlili bo‗yicha ko‗p miqdorli tuzilmaviy parametrlarning o‗zgarishi
yeyilganlik mahsulotlari to‗yinganligining o‗sishi, ma‘lum yo‗l yurilganidan keyin
sodir bo‗ladigan falokatdon darak beradi.
Birinchi usul bo‗yicha transport vositasining umumiy ishlash qobiliyati va
ekspluatatsion xususiyatlari baholansa, ikkinchi va uchinchi usullar orqali
nosozliklarning kelib chiqish sabablori aniqlanadi. Shuning uchun transport
105
vositalori bo‗yicha, birinchi navbatda, umumiy diagnostika o‗tkaziladi, undan keyin
ularning texnik holati aniqlanadi.
Texnik diagnostikalash vositalari (TDV) diagnostik parametrlarni o‗lchash
uchun mo‗ljallangan texnik stend, moslama va qurilmalardan iborat. Ular test rejimi
beruvchi, diagnostik parametrlarga ishlov berishni oson qiluvchi yoki to‗g‗ridan
to‗g‗ri axborotni qabul qiluvchi datchiklar, o‗lchov moslamalari va natijalarni oks
ettiruvchi moslamalar (milli, raqam ko‗rsatuvchi asboblor, ossillograf ekrani va h.k)
dan
tashkil topgan. Texnik diagnostikalash vositalari tashqi, doimiy o‗rnatilgan va
transport vositalariga vaqti-vaqti bilan o‗rnatiladigan bo‗lishi mumkin, ularning
tasnifi 29-rasmda keltirilgan.
Tashqi
texnik diagnostikalash vositalori torkibiga qo‗zg‗almas stendlar va
ko‗chma asboblar kiradi:
qo‘zg‘almas stendlar
- asosan maxsus xona ichida poydevor (fundament) ga
o‗rnatilgan bo‗ladi; xona chiqindi gozlorni tashqariga chiqarish va shovqin to‗sish
jihozlari bilan ta‘minlanadi (29-rasm);
ko‘chma asboblarga
- qo‗zg‗almas stendlar majmuidagi hamda texnik xizmat
ko‗rsatish va ta‘mirlash maxsus ustaxona va postlaridagi nosozliklorni aniqlovchi
asboblar kiradi;
106
Do'stlaringiz bilan baham: |