Mashina traktor agregatlarini diagnostikalash va texnik servisi


 Nasos stansiyalaridan foydalanish holatlari



Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/89
Sana06.07.2022
Hajmi5,25 Mb.
#748879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
B4vDXR1C7pcfpjfjpB4031eaVnEK19yfGv3mI1x7

2.2. Nasos stansiyalaridan foydalanish holatlari. 
Maxsus tadqiqotlar statsionar yoki ko‗chma nazorat o‗lchash apparaturalari 
yordamida amalga oshiriladi. Statsionar - nazorat o‗lchash apparaturalari 
yordamidagi kuzatishlar, qurilish vaqtida agregat ichiga qo‗yilgan yoki ularning 


27
asosidagi maxsus asboblarning mavjudligini nazoratda tutadi (dinamometrlar, 
tenzometrlar, oraliq tirqishlarni o‗lchash uchun maxsus asbob uskunalar va shu 
kabilar). Ko‗chma nazorat-o‗lchash apparaturasi yordamidagi kuzatishlar, asboblarni 
kuzatish vaqtida qulay, oldindan tayyorlab qo‗yilgan agregatdagi joylarda o‗rnatishni 
nazarda tutadi. 
Kuzatishlarni tashkil qilish va o‗tkazishga quyidagi talablar qo‗yiladi: 
- kuzatishlar agregat turi, kuzatilayotgan holatning xarakteri va jadalligiga 
ko‗ra, mahalliy ko‗rsatmalar bilan o‗rnatilgan muddatlarda muntazam olib boriladi; 
- agregat holatini kuzatish bilan bir vaqtda imkoniyat bo‗yicha, uning ishiga 
ta‘sir qiluvchi tashqi omillar va agregatga tushadigan ko‗rsatkichlarni ham kuzatish 
kerak (havo va suv xarorati, muzlash holatlari, gidravlik sharoitlar, cho‗kindilar 
tarkibi va rejimi, suvning kimyoviy tarkibi va boshqalar); 
- kuzatish natijalarida mazkur holatlarning aniq tasvirini olish, shuningdek 
unga tashqi omillarni, birinchi navbatda inshoot ish hajmi ta‘sirini o‗rnatish mumkin 
bo‗lgan shaklda (jadval, grafik) muntazam ravishda ishlanishi kerak. 
Agregat holatida yoki ishida sezilarli darajada me‘yordan tashqari holat 
kuzatilsa (cho‗kindilar ko‗pligi, rejadagi aralashuv, alohida elementlar vibratsiyasi, 
filtratsiyani keskin ortib ketishi va shu kabilar) darhol bu holatlar sabablari aniqlanadi 
va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish uchun choralar qo‗llaniladi.
Texnik tizimlarda hozirgi kunda turli xildagi nazorat jihozlari va usullari 
qo‗llanilmoqda: dasturiy, dasturiy-apparaturali, apparaturali. Dasturiy nazorat usuli 
dasturiy va test dasturiy turlarga, apparaturali jihozlarning o‗rnatilish turiga 
qarabbevosita tizim ichiga va tashqarisiga o‗rnatilgan turlarga bo‗linadi. Texnik 
tizimning ichiga o‗rnatilgan turlari o‗z vaqtida avtomatik, tashqi avtomatlash-tirilgan, 
qo‗lda boshqariladigan turlarga bo‗linadi.
Yirik nasos stansiyalaridan foydalanish jarayonida uchraydigan muammolarni 
tajriba va izlanishlar o‗tkazmay turib o‗rganish hamda to‗g‗ri baholash mumkin 
emas. Nasos stansiyalarini loyihalash va qurish ishlarini olib borishda, bir biridan 
farq qiladigan tabiiy iqlim sharoitlarida, turli xil ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan nasos 
agregatlaridan foydalanishga to‗g‗ri kelishini inobatga olish lozim.


28
Ish jarayonida yirik nasos stansiyalarida, quvvatni termodinamik usul bilan 
suvning nasosga kirish va undan chiqish joyidagi haroratni (temperaturani) o‗lchash
orqali aniqlash mumkin. Suvning harorati t <50°C bo‗lganda xatoligi 1°S dan 
oshmaydigan termometr yordamida o‗lchanadi. Kerak bo‗lgan hollarda suvning 
zichligi va bug‗ hosil bo‗lish bosimi aniqlanadi. 
Nasoslarning ish tartiblarini to‗g‗ri tanlash maqsadida, xarakteristikalari 
bo‗yicha olinayotgan ma‘lumotlarni bir xil va kichik vaqt oralig‗ida bo‗lishini 
ta‘minlash lozim. Energetik va bosim bo‗yicha xarakteristikalarni bir vaqtda, suv 
uzatish oralig‗i 
max
0
Q
Q


bo‗lganda olish maqsadga muvofiq. 
bu erda: Q
max
.- nasosning maksimal suv uzatishi. 
Q – nasosning suv sarfi. 
Suv uzatish tizimida yangi ma‘lumotlarni olishda o‗lchashlar soni, kami bilan 
16 ta bo‗lishi kerak. O‗lchash ishlarini olib borish vaqtida uzatilayotgan suv 
haroratining o‗zgarishi tabiiy holatdan 10°S dan oshmasligi lozim. 
Suv xo‗jaligi ob‘ektlarining ishonchliligini va mustahkamligini ta‘minlash 
uchun eng zamonaviy usuli - bashorat qilish bo‗lib, tashqi ta‘sirlar va materiallarning 
mexanik xususiyatlariga asoslangan tahliliy xarakterga ega bo‗lgan diagnostika qilish 
hisoblanadi.
Nasos stansiyalarining buzilish holatlarini aniqlash sifatini oshirish maqsadida 
hamda ularning uchrash sabablarini aniqlash va diagnostika qilish tizimiga kiritish 
uchun diagnostik parametrlar tanlab olinadi [122, 26-27 b.].

Download 5,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish