1. Muftalar, vazifasi, turlari va ishlatilish sohalari
Muftalarval,
trubavashukabidetallarninguchlarinibirbirigaulashuchunishlatiladivamexanikaviy,
elektrik,
gidravlikaviyturlargabo’linadi (12.1-rasm).
Mashina detallari kursida faqat vallarga mo’ljallangan mexanikaviy muftalargina
o’rganiladi. Bunday muftalarning asosiy vazifasi vallarni o’zaro biriktirish bilan birga, ularning
biridan ikkinchisiga burovchi moment uzatish hamdir. Bundan tashqari, muftalar bar qancha boshqa
funksiyalarni ham bajarishi mumkin. Shuning uchun mashinasozlikda ishlatiladigan muftalarning
turi ko’p. Ular vazifasi va tuzilishiga ko’ra, quyidagi uch guruhga bo’linadi:
1. Doimiy biriktirilgan muftalar: bunday muftalardan foydalanilganda mashina ishini
to’xtatmay turib, vallarni bir-biridan ajratish mutlaqo mumkin bo’lmaydi.
2. Boshqariladigan ulovchi muftalar: bunday muftalar vositasida mashina ishini
to’xtatmagan holda, zarur bo’lgan holda vallarni ulash yoki ajratish mumkin.
3. O’z-o’zini boshqaruvchi (avtomatik) muftalar; bunday muftalar, ko’pincha, saqlagich
sifatida ishlatiladi, ya’ni mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit ta’minlanmagan
hollarda avtomatik ravishda vallarni bir-biridan ajratadi va talab qilingan normal sharoit yaratilishi
bilan ajratilgan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.
Quyida mashinasozlikda keng ko’lamda ishlatiladigan asosiy muftalarning ishlashi, tuzilishi
va ularni hisoblash usullari bilan bog’liq bo’lgan masalalarga to’xtalib o’tamiz.
Muftalarningbugruppasigavallarnibir-
biriganisbatanbiroryo’nalishdasiljishgayo’lqo’ymaydiganqilibbiriktiradiganqo’zgalmasmuftalarham
davallarningturliyo’nalishdasiljishigama’lumdarajadaimkonberadiganqo’zg’aluvchimuftalarkiradi.
Qo’zgalmas muftalar bir valdan ikkinchi valga burovchi moment uzatish bilan bir vaqtda,
vallarda ish jarayonida paydo bo’ladigan eguvchi momentni va o’q bo’ylab yo’nalgan kuchlarni
ham uzatadi. Biroq eguvchi momentni va o’q bo’ylab yo’nalgan kuchlarning mavjudligi muftaning
mustahkamligiga salbiy ta’sir ko’rsatganligidan, bu xildagi nagruzkalarning bo’lmaganligi ma’qul.
Bunday nagruzkalarga barham berish maqsadida muftalar va tayanchiga mumkin qadar yaqin
o’rnatiladi. Qo’zg’almas muftalar, o’z navbatida, quyidagi turlarga bo’linadi: a) vtulka
ko’rinishidagi muftalar (12.2-rasm, a); b) bo’laklarga ajraladigan sirti val o’qiga tik joylashgan
flanesli muftalar (12.2-rasm, b); v) bo’laklarga ajraladigan sirti val o’qiga parallel joylashgan
muftalar (12.2-rasm, v).
Qo’zgalmas muftalarning eng oddiysi vtulka ko’rinishidagi muftadir. Vallarni bunday mufta
vositasida biriktirish uchun vallarning uchlari ichki diametri ularning sirtqi diametriga teng bo’lgan
vtulkalarning ikki tomonidan kiritiladi va shtift yoki shponkalar vositasida qo’zg’almas qilib
mahkamlab qo’yiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
79
12.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |