Plenetar uzatmaning kinematikasi.
Planetar uzatmaning kinematikasini aniqlash uchun Villis usulidan foydalaniladi. Bu usul
vodiloning hayolan to’xtatib qo’yilishiga asoslangan. Agar planetar uzatmada vodilo "h" to’xtatib
qo’yilgan deb faraz qilsak, harakat "a" g’ildirakdan parazit "g" shesternyalar orqali "b" ga
o’zgariladigan oddiy mexanizm hosil bo’ladi. Bu mexanizm tishli g’ildiraklarning aylanishlar soni
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
37
bilan to’xtatilgan holatdagi aylanishlar soni ayirmasi orqali ifodalanadi. Agar "b" qo’zg’almas
bo’lib, harakat "a" dan "h" ga uzatilayotgandagi uzatish sonini i
ah
b
bilan belgilasak, u holda hosil
bo’lgan mexanizm uchun:
Planetaruzatmalar deb, tishli g’ildiraklarining harakati, quyosh sistemasidagi planetalar harakatiga
o’xshaganligi uchun planetar uzatmalar deyiladi (1, 2 va 3-shakllar). Markaziy g’ildirak (1) faqat
o’z o’qi atrofida aylanadi (markaziy g’ildirak deyiladi), satellitlar esa (2) o’z o’qi va markaziy o’q
atrofida aylanib, markaziy g’ildirak bilan ilashishga kirishadi. Satellitlar o’qi vodilaga qotirilgan
bo’lib, markaziy o’qqa nisbatan aylanadi.
a)
b)
v)
1-shakl.
2-shakl.
3-shakl.
a) Bitta erkinlik darajasiga ega bo’lgan planetar uzatmaning kinematik sxemasi.
b)Planetar differensial uzatmaning kinematik sxemasi.
v)Ikkita yetaklovchi zvenoli planetar differensial uzatmaning kinematik sxemasi (1 va 4)
1-a shakldagi uzatmada 3-g’ildirak korpusga qotirilgan bo’lib, yetaklovchi g’ildirak 1,
yetaklanuvchi zveno–N vodilladan tuzilgan. Ba’zi hollarda markaziy g’ildirak qo’zg’almas qilib
tayyorlanadi 1 (2 sxema 1-jadval). Agar vodilla qo’zg’almas bo’lsa, satellitlarning o’qlari ham
qo’zg’almas bo’lib qoladi. Unda planetar uzatma, oddiy parazit g’ildirakli o’qdosh uzatmaga
aylanadi. 2-shaklda ko’rsatilgan uzatma ikkita erkinlik darajasiga egadir: u ikkita yetaklovchi va
bitta yetaklanuvchi zvenoga ega bo’lishi (3-shakl) yoki bitta yetaklovchi va ikkita yetaklanuvchi
zvenodan (4-shakl) iborat bo’ladi. 4-shaklda ko’rsatilgan uzatma ikkita yetaklovchi o’qdosh
zvenolarda ishlatiladi, masalan, samolyot vintlarida 5-shaklda erkinlik darajasi birga teng bo’lgan
yopiq differensiallarning kinematik sxemasi keltirilgan. Ularda oddiy tishli uzatmalar, markaziy
g’ildirak yoki ulardan biri vodilla bilan biriktiriladi. Asosiy planetar uzatma qalin chiziqlar bilan
ko’rsatilgan, yopiqlari ingichka chiziq bilan ko’rsatilgan. 1-jadvalda planetar uzatmalarning
kinematik sxemalari va ularni asosiy ko’rsatkichlarini aniqlovchi formulalar keltirilgan. Eng ko’p
foydalaniladigan uzatma 1 sxemada ko’rsatilgan. Boshqa planetar uzatmalarga qaraganda, uning
o’lchamlari kichik, katta yuklanishlarda ishlaydi va f.i.k. yuqori 2-sxemadagi uzatma, odatda oddiy
uzatmalar bilan kombinasiyalangan holda va 1-sxema bo’yicha yuqori ishonchli uzatmalarda
ishlatiladi. 3-sxemadagi uzatmalar katta uzatishlar nisbati bilan xarakteristikalanadi, ammo f.i.k.
past bo’lib, kichik yuklanishlarda ishlaydi. Bunday uzatmalardan kam yuklanishli yoki qisqa vaqt
ichida ishlaydigan mexanizmlarda ishlatiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
38
Do'stlaringiz bilan baham: |