Машина деталлари маъруза курси лотин 2017 й 20 янв


 Birikmalar, vazifasi, turlari, ishlatilish sohalari



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/94
Sana10.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#170170
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
Bog'liq
mashina detallari

1. Birikmalar, vazifasi, turlari, ishlatilish sohalari 
 
Ma’lumki,  har  bir  mashina  uzellardan,  uzellar  esa,  o’z  navbatida  detallardan  tuzilgan. 
Detallardan uzellar, uzellardan esa mashina birikmalar vositasida yig’iladi.  
Birikmalar  ajralmaydigan  va ajraladigan turlarga bo’linadi.  Agar uzellarning  yoki  mashinani 
ayrim qismlarga ajratish uchun birikma elementlarini sindirish yoki ish yuzasini qayta ishlash shart 
bo’lsa, bunday birikma ajralmaydigan, aks holda ajraladigan birikma deb ataladi.  
 Parchin  mixli  va  payvand  hamda  detallari  o’zaro  tig’izlik  bilan  o’tqazilgan  birikmalar 
ajiralmaydigan birikmalar bo’lsa, rezbali, shponkali, shlisli birikmalar ajraladigan birikmalardir.  
Parchin  mixli  birikmalar  samolyotlarning  ustki  qobig’ini  yasashda,  kemasozlikda,  yuk 
ko’tarish  kranlarining  fermalari  hamda  ko’priklar  qurishda  keng  qo’lamda  ishlatiladi.  Bu 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


86
 
 
 
birikmalarda  asosiy  element  parchin  mixdir.  Parchin  mix  yasash  uchun,  asosan,  diametri  20  mm 
dan ortiq bo’lmagan po’lat, mis, alyuminiy simlardan foydalaniladi. 
Payvand  birikmalar  ajralmas  birikmalarning  asosiy  turi  bo’lib,  ulardan  mashinasozlikda  va 
qurilishlarda keng qo’lamda foydalaniladi, chunki payvand birikmalarida ajralmas birikmalardagiga 
qaraganda  birmuncha  afzalliklar  bor;  chunonchi,  payvand  birikma  kam  mehnat  talab  qilishi  bilan 
birga,  metallni  tejashga  imkonyat  yaratadi.  Ma’lumki,  parchin  mixli  birikmalar  tayyorlashda 
parchin  mix  uchun  teshik  ochilishi  kerak,  payvand  birikmada  esa  teshikka  ehtiyoj  bo’lmaydi. 
Bundan  tashqari,  murakkab  shaklli  yirik  cho’yan  quymalar  o’rniga  payvand  birikma  vositasida 
tayyorlangan  yengil  po’lat  detallar  ishlatish  materialni  30-40%  tejashga  imkon  beradi.  Detallar  oz 
ishlab  chiqariladigan  hollarda  payvand  birikmalar  ayniqsa  qo’l  keladi,  chunki  bunday  detallar 
quyish  yo’li  bilan  tayyorlanadigan  bo’lsa,  qolib  tayyorlashning  o’zigayoq  bir  talay  mablag’  sarf 
bo’ladi va  ko’p vaqt ketadi.  
 Payvand birikmalardan turli sohalarda foydalaniladi. Masalan, payvandlash yo’li bilan baland 
yerlarga  va  suv  ostiga  o’rnatiladigan  metall  qismlar  biriktiriladi,  katta  bosim  ostida  ishlaydagan 
truba  va  idishlar  tayyorlanadi,  payvand  birikmalardan  gaz  va  neft  magistrallari  o’tkazish,  kema 
korpuslari yasash va shu kabilarda foydalaniladi.  
Sirtlari silindrik bo’lgan ikki detalni tig’izlik -  o’zaro  manfiy  zazor hisobiga yetarli darajada 
mahkam  biriktirish  mumkin.  Bu  usuldan,  ko’pincha,  dumalash  podshipniklarini  valga  o’rnatishda 
va shunga o’xshash boshqa  hollarda  foydalaniladi.  Buning uchun valning diametri podshipnikda ( 
yoki    boshqa    detalda)  val  uchun  mo’ljallangan  teshik  diametridan  qadar  kattaroq    qilib  
tayyorlanadi. 
Aylanuvchi detallarni (shkiv, tishli g’ildirak, mufta va shu kabilarni) val yoki o’qqa birgalikda 
aylanadigan  qilib  mahkam  o’rnatish  uchun  har  xil  shponkalardan  foydalaniladi.  Shponkali 
birikmalarning tuzilishi juda oddiy bo’lib, ularni yig’ish va qismlarga ajratish ancha oson. Shuning 
uchun bunday birikmalardan mashinasozlikda keng ko’lamda foydalaniladi.  
Val  yoki  o’qda  shponka  uchun  mo’ljallangan  o’yiq  bo’lishi  shponkali  birikmaning  asosiy 
kamchiligidir,  chunki  bunday  o’yiq  val  yoki  o’q    ko’ndalang  kesimini  kichraytirib,  
mustahkamligini pasaytiradi. 
Shponkali  birikmalar  zo’riqtirilgan  va  zo’riqtirilmagan  bo’lishi  mumkin.  Zo’riqtirilgan 
birikmalarda  ponasimon  shponkalar,  zo’riqtirilmagan  birikmalarda  esa  prizmatik  shponaklar 
ishlatiladi. 
Agar  valning  sirtida  va  unga  o’rnatiladigan  detal  gupchagi  teshigining  sirtida  uncha  chuqur 
bo’lmagan ariqchalar o’yilib, detallardan birining chiqig’i ikkinchisining botig’iga tushadigan qilib 
o’rnatilsa,  shlisli  birikma  hosil  bo’ladi.  Bunday  birikmalar  shponkali  birikmalarga  nisbatan 
quyidagi afzalliklarga ega: 
1)  detallar  valda  yaxshi  markazlanadi,  lozim  bo’lgan  taqdirda  ularni  val  bo’ylab  suriladign 
qilib o’rnatish ham mumkin; 
2)  shlisli  birikmaning  o’zgaruvchan  zarbiy  yuklanishlar  ta’siriga  chidamliligi  shponkali 
birikmanikiga qaraganda bir muncha  yuqori bo’ladi; 
3)  shlisli  birikmalar  shponkali  birikmalarga  qaraganda  bir  necha  bor  ortiq  yuklanishga 
chidaydi.  Shlisli  birikmalardan  mashinasozlikda (stanoksozlik,  traktorsozlik  va  avtomobilsozlikda) 
keng ko’lamda foydalaniladi. 
Ajraladigan  birikmalarning  yaxshi  xususiyati  shundaki,  ular  vositasida  mashinani  zarur 
vaqtda bo’laklarga ajratib, zarur vaqtda yana yig’ish mumkin.  
Detallarni  rezba  vositasida  biriktirish  qadimdan  ma’lum  bo’lib,  ajraladigan  birikmalarning 
eng ko’p tarqalgan va muhim turidir. Bolt, vint, shpilka vositasida ajiraladigan birikma hosil qilish, 
rezbali  birikmalarning  xususiy  hollari  bo’lib,  mashinalarning  ular  vositasida  yig’ilgan  uzellarni 
kerak bo’lgan ayrim detallarga ajratishi va zarur vaqtda yana yig’ilishi mumkin. Bunday birikmalar 
hosil  qilishga  imkom  beradigan  asosiy  qism  rezba  bo’lganligi  uchun  ularning  hammasi  rezbali 
birikmalar  deyiladi.  Rezbali  birikmalarning  afzalliklari  shundan  iboratki,  ular  nisbatan  katta 
nagruzka  ta’sirida  yetarli  darajada  ishonchli  ishlaydi;  ularni  ajratish  va  yig’ish  qiyinchilik 
tug’dirmaydi;  turli  sharoitda  ishlaydigan  rezbali  detallar  ko’plab  ishlab  chiqarilishi  mumkin; 
nisbatan  arzon  turadi;  hamma  o’lchamlari  standartlashtirilgan    (GOST  9000-59,  GOST  8724-58, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


87
 
 
 
GOST  9150-59).  O’zgaruvchan  kuch  ta’siriga  chidamliligi  yetarli  emasligi  va  ayrim  hollarda 
maxsus  rezbali  detallar  tayyorlashning  texnologik  nuqtai  nazardan  birmuncha  qiyinligi    rezbali 
birikmalarning kamchiligidir.  
Mashinalarning  yaxshi  ishlamasligi,  muddatdan  oldin  ishdan  chiqishi,  ishlash  jarayonida 
shovqinning  oshib  ketishiga  undagi  birikma  sifatining  pastligi  (sifatli  mahkamlanmaganligi, 
payvandlanmaganligi, birikma uchun materialning noto’g’ri tanlanganligi va h.k.) sabab bo’ladi. 
Birikma  elementlari  asosan  mustahkamlikka  hisoblanadi.  Bunda  Birikma  elementlarining 
mustahkamligi biriktirilayotgan detallarning mustahkamligi bilan bir xilda bo’lishiga erishish kerak.   
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish