1. Turlari, geometriyasi va ularni standartlashtirish
Konussimon tishli uzatmalarda o’qlari o’zaro burchak ostida joylashgan bo’lib, ko’pincha bu
burchaklar ∑=90° teng bo’ladi. Bu tur uzatmalarni silindrsimon uzatmalarga nisbatan tayyorlash
qiyin, g’ildirak tishini kesish uchun maxsus stanoklar ishlatiladi, bunda g’ildirak tishlari to’g’ri,
qiya, aylanasimon shaklda bo’lishi mumkin (6.1-rasm d,ye,j). Uzatmalarning tezligi 2-3 m/s gacha
bo’lganda to’g’ri tishli, yuqori bo’lganda esa qiya hamda aylanasimon tishli g’ildiraklarni ishlatish
tavsiya etiladi, bunda uzatmaning ishlashi ravon va shovqinsiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |