Amir Temur g’ori.
Mashhur Amir Temurg’ori (AmirTemurKo’ragoniy) Hisor tog’larida joylashgan va ma’muriy jihatdan O’zbekistonning Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani qarashli. G’orning kirish qismi balandligi 6 metr va kengligi 7 metrgacha bo’lgan arkaga o’xshash. Ichkariga balandligi 10-15 metrli ulkan yo’lak boradi. Devorlardan meduza va stalaktitga o’xshash g’aroyib ohak “oqib turadi”.
Joylarda devorlar mash’alalar bilan tugagan. Tog’ning taxminan 400 metr ichkarisiga kirib boruvchi asosiy yo’lakda yon tarmoqlari deyarli mavjud emas va bu yerda adashishning imkoniyati yo’q. yo’lakning uzoq qismlarida devorlar va gumbaz (shift) torayib, keyinchalik emaklab yurishga to’g’ri keladi. Shu tarzda, 3 ta katta bo’lmagan 2-3 metrli tor maydonni navbat bilan keladigan to’liq tikka turish imkoniyati mavjud kameralarni engib o’tgandan so’ng, g’orning eng olis qismiga tushib qilamiz. Bu yerda ancha zax, pol yirik qo’ziqorinlar bilan qoplangan, bir nechta tarmoqlar mavjud. G’orning eng olis zalida uncha katta bo’lmagan ko’l joylashgan. Ko’l tog’ning yorilgan jaridan tushib turuvchi, 10 metrlik sharshara tashkil qilgan. Ko’l doimiy darajasiga ega emas va sentabr-oktabrda tosh uyumlaridan sizib chiqib yo’qoladi. Buyuk Amir Temur va uning safdoshlari, urush safariga tayyorgarlik ko’rish chog’ida shu erda boshpana topishgan degan afsona g’or bilan bog’liq. Bunga ishonish qiyin, chunki kan’yonga otda tushish muammoli masala bo’lib, kan’yon yonbag’rilri va tubida otlarni o’tlash noqulay. Ammo g’or oldida yirik toshlardan mohirona taxlangan eski devor mavjud. Balki u cho’ponlar tomonidan bajarilgan bulishi mumkin.
Speleologiya ixlosmandlari va sarguzasht izlovchilar g‘orlarning naqadar sirligini bilishadi. Shuning uchun, tadqiqotchilar oldiga faqat jasurlar erisha oladigan o‘ta murakkab vazifalar yuklatilgan. Bu gap Amir Temur g‘orini o‘rganishga nisbatan ham haqdir. Aytishlaricha, g‘orning eng chuqur joyida xazina yashirilgan. Amir Temur g‘ori: o‘rganilmagan narsalar yo‘lida
Speleologiya ixlosmandlari va sarguzasht izlovchilar g‘orlarning naqadar sirligini bilishadi. Shuning uchun, tadqiqotchilar oldiga faqat jasurlar erisha oladigan o‘ta murakkab vazifalar yuklatilgan. Bu gap Amir Temur g‘orini o‘rganishga nisbatan ham haqdir. Aytishlaricha, g‘orning eng chuqur joyida xazina yashirilgan.
G‘orga sayohat – asabiy va klaustrofob insonlar uchun emas. Zero g‘orni yengish uchun nishabga chuqur va uzoq kirib borish kerak bo‘ladi va baʼzi joylarda hatto emaklab yurishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, bu ko‘pchilikni to‘xtata olmaydi, chunki g‘orga kiraverishda o‘ziga xos tortishish va jozibadorlik kutib turadi. Bu g‘or o‘ziga nima bilan tortishini tushuntirish qiyin, balki qiziqishga tashnaligimi yoki Amir Temurning energetikasidir.
Afsonaga ko‘ra, yosh sarkarda Keshni (Shahrisabz), so‘ng Samarqandni zabt etishga kuchlarni yig‘ish uchun o‘z qo‘shinlarini to‘plab, qishni aynan shu yerda o‘tkazishga qaror qilgan. Aslida Amir Temurning martabalarga erishish yo‘li shu g‘ordan boshlangan. Yosh Amir Temur nafaqat kuchni, balki fikrlarni ham bir joyga yig‘ib, o‘sha paytlardanoq nimani xohlayotganini va unga qanday erishishni aniq bilgan. Darhaqiqat, g‘or tom maʼnoda shunday ruh bilan to‘yingan. Ko‘pincha tog‘larda bo‘lgani kabi, u kuch-quvvat olmaydi, aksincha, u jasorat va o‘ziga ishonchni kuchaytiradi. Amir Temur g‘ori Qashqadaryo viloyatida, “arslon qalʼasi” maʼnosini anglatuvchi “Qalʼai Sheron” degan joyda joylashgan. G‘orga yetib olish juda qiyin vazifa: har bir qadamda ko‘plab to‘siqlar kutib turadi. Jo‘shqin tog‘ daryosining uzluksiz kuchli ohanglari ostida ikki yuz metrlik vertikal daraga faqat tor yo‘ldan tushish mumkin. Yuqoridan g‘orga qarab, nima uchun u shunday nomlanganligi ayon bo‘ladi. U haqiqatan ham qalʼaga o‘xshaydi. Tosh bo‘shlig‘i ikkita g‘ordan iborat: asosiy, uzunligi 750 metr, unga o‘tish joyi esa 190 metr. Ehtimol, ilgari bu yerda vayron bo‘lib ketgan yana bitta g‘or bo‘lgan. Uning dengiz sathidan balandligi 2550 metrni tashkil qiladi. Amir Temurning bu yerda qolganligining asosiy tasdig‘i – g‘orning kirish qismining boshida sunʼiy ravishda yaratilgan maydoncha bor. U tosh bilan terilgan bo‘lib, puxta tekislangan va tuproq bilan qoplangan. Shuningdek, otlarni bog‘lash uchun katta xoda mavjud.
G‘orning ichida g‘ayrioddiy pog‘onalar, g‘alati shaklga ega tosh stalaktitlarni ko‘rish mumkin. Markaziy qismda katta ko‘chki, janubiy qismda esa ko‘l mavjud bo‘lib, undagi suv 6-8 daraja atrofidagi haroratni saqlab turadi. G‘aroyib ko‘lga o‘tadigan yo‘lak tor bo‘lib, undan faqat tana og‘irligi 90 kilogrammdan oshmaydigan odamlar o‘tishi mumkin. Bu sinoatlarini faqat tanlanganlarga ochib beradigan sirli saltanatning go‘zal manzarasini ko‘rish va ushbu tabiiy hodisani katta mamnuniyat bilan, sekin va ehtiyotkorlik bilan o‘rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |