9-laboratoriya ishi. Mashina va mexanizmlardagi statik elektrlanishni о‘lchash va hisoblash.
|
Mashg‘ulotning maqsadi. Statik elektr zaryadining paydo bo‘lish sabablarini, inson organizmiga hamda ishlab chiqarish muhitiga ta’sirini, undan himoyalanish yo‘llarini o‘rganish va statik elektr toki xavfliligi ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Tayanch so‘zlar va iboralar: ishqalanish, statik, elektr zaryad, yerga ulash, qarshilik, potensial, mikroiqlim.
Topshiriqlar: Statik elektr zaryadlarining hosil bo‘lish sabablari va ulardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganing, berilgan variant bo‘yicha masalalarni yeching.
Statik elektr zaryadlari va uning manbalari
Tuzilish va tarkibi jihatidan bir xil bo‘lmagan ikki materialning bir-biriga ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlardagi harakati tufayli statik elektr zaryadlari hosil bo‘ladi. Masalan, avtomobil beton yo‘lda harakatlanayotganda uning g‘ildiraklarini yo‘l uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarrachalarining avtomobil kuzoviga urilishi natijasida 3000 V, benzinning po‘lat quvurlarda bosim ostida uzatilishida 3600 V, tezligi 15 m/s bo‘lgan tasmali uzatmalarda 80000 V, tasmali transportyorlarda 45000 V gacha elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin. Statik elektr zaryadlarining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismining yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonlarning intensivligiga va muhitning mikroiqlim ko‘rsatgichlari (havoning harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi va atmosfera bosimi)ga bog‘lik bo‘ladi.
Shartli ravishda solishtirma elektr qarshiligi 105 Omm dan yuqori bo‘lmagan materiallarda statik elektr zaryadlari hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi deb qabul qilingan. Havo haroratini ko‘tarilishi yoki nisbiy namlikning kamayishi elektr zaryadlari hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Yuqori miqdorda statik zaryadlari hosil bo‘lgan muhitda inson organizmining muskullari ixtiyorsiz qisqarishi va buning oqibatida turli xil jarohatlanishlar yoki shikastlanishlar sodir bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatda statik elektr zaryadi mavjud muhitda ishlash oqibatida insonning asab sistemasi faoliyati buzilishi mumkin. Bundan tashqari elektr zaryadlari yong‘in yoki portlashlarga olib kelishi, tayyorlanadigan mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir etishi, ayrim hollarda mahsulotni yaroqsiz bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin.
Statik elektr zaryadlarini hosil bo‘lishini va to‘planishini ishlab chiqarish xonasining mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish (havoning nisbiy namligi 70% kam bo‘lmasligi zarur), asosiy materiallarga antistatik materiallar qo‘shish, muhit havosini ionizatsiyalash orqali kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Statik elektr zaryadlarining ta’siridan himoyalanishning asosiy yullaridan yana biri ish qurollari, uskunalari va materiallarining metall qismlarini yerga ulashdir. Yerga ulashda elektrod sifatida po‘lat armaturalardan, trubalardan va burchakli materiallardan foydalanish mumkin.
Statik elektr zaryadlariga qarshi qurilgan yerga ulash sistemasining qarshiligi 100Om.dan yoki texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna va jihozlar metall qismining barcha nuqtalaridagi elektr qarshiligi 10 Om.dan kichik bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |