1-Amaliy mashg’ulot. Uglevodlar va ularning sinflanishi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida uglevodlarni polarimetrik usulda aniqlashni o’rganish.
Mashg‘ulotning maqsadi: Uglevodlarning tuzilishi, tasnifi, xossalari hamda texnologik jarayonlarda uglevodlarning o‘zgarishini o‘rganish. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida uglevodlarni polarimetrik usulda aniqlashni o’rganish.
Asosiy nazariy tushunchalar. Uglevodlar - organik birikmalarning kata sinfi hisoblanadi. Tirik organizmlarning hujayralarida uglevodlar energiya manbai va akkumulyatorlar vazifasini bajaradi. O‘simliklarda (quruq moddalarning 90% oqsillar ulushini tashkil qiladi) va ayrim hayvonlarda (quruq moddalarning 20% gacha) tayanch materiali (skelet) rolini bajaradi; ko‘plab muhim tabiiy birikmalar tarkibiga kiradi, bir qator biokimyoviy reaksiyalarni rostlovchilar sifatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |