Bu yerda laboratoriya ishi yuzasidan foydalangan adabiyotlaringiz va
internet manbalarini ko'rsating.
1. Tartibi
2. Muallif nomi, “adabiyot nomi”, nashiryot, nashr etilgan yili.
3. Internet sahifasi manzili
Topshiriqlarni bajarilishi namunasi:
y=
1
x
funksiyaning grafigini [-5;5] oraliqda
𝜀=0,5 qadam bilan hosil qiling.
Microsoft Exsel elektron jadvalini ishga tushirib ikkita ustun hosil qilamiz va
ulardan biriga argument (x) ni va ikkinchisiga esa funksiyani ya’ni (y) ni yozamiz.
Birinchi ustunga argument (x)ni birinchi va ikkinchi elementlarini kiritamiz (-5 va -
4,5).
Belgilangan ikki katakchadagi nuqtadan (kvadratcha) sichqonchani qo‘yib
yubormagan holda ushlab kerakli katakchaga tortib qo‘yib yuboramiz va quyidagi
natijani olamiz.
Formulalar Excelda har doim “=” belgisi yordamida formulani kiritiladi.
Formuladagi argumentning o‘rniga argument joylashgan katakcha ko‘rsatiladi.
Yuqoridagi funksiyalarni grafigini hosil qilish uchun mantiqiy funksiyalardan
biri ЕСЛИ funksiyasi yordamida yechish amalga oshiriladi.
Sichqoncha kursorini kerakli yacheykaga qo‘yib, ЕСЛИ mantiqiy
fuknsiyasi- ning tanlaymiz va natijada ЕСЛИ mantiqiy funksiyasining muloqot
oynasi ochiladi.
ЕСЛИ mantiqiy funksiyasining muloqot oynasidagi birinchi qatoriga ya’ni
Лог_выражение qismiga yuqoridagi funksiyaning yechimga ega bo‘lmagan 0
nuqtasini kiritamiz, ikkinchi qatorga “Ajralish nuqtasi” so‘zini yozamiz, qolgan
uchinchi qismiga esa berilgan funksiyani kiritamiz.
Formulani kiritib bo‘lganimizdan so‘ng klaviaturadan ENTER tugmasi
bosiladi va quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek sichqonchani nuqtadan pastga qarab kerakli
katakchagacha tortib borib, sichqonchani qo‘yib yuboramiz. Natijada funksiyaning
qiymatlarini olamiz.
Endi bu funksiyaning grafigini hosil qilishimiz mumkin. Funksiya va
argumentni egallagan oralig‘ini “Ajaralish nuqtasi ” qismigacha belgilaymiz.
.
So‘ngra menyu satridan
Вставка → Точечная диаграмма bo‘limini
tanlaymiz va quyidagi grafikka ega bo‘lamiz.
Hosil bo‘lgan bu grafik berilgan funksiyaning bir qismi hisoblanadi. Endi esa
grafikning ikkinchi qismini hosil qilamiz buning uchun esa biz funksiya grafigi
ustida sichqonchaning o‘ng qismini bosamiz. Ostki menyudan Выбрать данные
ni tanlaymiz.
Добавить ni bosamiz
Hosil bo‘lgan muloqot oynasining Значения Х qismiga funksiya argumenti
x ikkinchi qismi kiritiladi.
Funksiya qismini Значения Y o‘chiramiz.
O‘chirilgan qismga y ning qiymatlari berilgan oraliqni kiritamiz.
Yuqoridagi amallarni bajarib bo‘lgandan so‘ng OK tugmasini bosamiz va
quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.