(Cloud Computing) -
yangi axborot texnologiya
konsepsiyasi bo‘lib, u eng kam espluatatsion harajatlar talab qiladi yoki u orqali
provayderga murojaatlar tezkor taqdim etiladi va kerak bo‘lgan hisoblash resurslari
talablarga binoan hamma joyda va qulay tarmoq ulanishi bilan ta’minlanishni
ko‘zda tutadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlari, serverlar, ma’lumot saqlash
qurilmalari,
servis
dasturlari
birgalikda
ham,
alohida
ham
bulutli
texnologiyalarning tarmoq resurslariga misol bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib
aytganda, bulutli texnologiyalar
(Cloud technologies) -
bu kompyuter resurslariui
internetdan foydalanuvchiga so‘rov bo‘yicha
(on deniand\
onlayn-servis sifatida
taqdim eta oladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. Shuni ham
aytish zarurki, bulutli texnologiyalar vujudga kelayotgan raqamli iqtisodiyot
poydevoriga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayapti. Bu hissa faqatgina texnologik
tarkibiy qismlar bilan chegaralanmaydi, balki iqtisodiy va g‘oyaviy tarkibiy
qismlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Bulutli texnologiyalar rivojlanishi.
masalan, talab bo‘yicha ishlab chiqarish
(production on-demand)
xizmat sifatidagi
dasturiy ta’minot kabi kelajak biznes-modellarining aksariyati uchun asosiy
g‘oyaga va ko‘plab iqtisodiy o‘zaro aloqalar uchun tamoyilga aylanadigan
tushunchalar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Buyumlar Interneti (loT) esa - ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan.
datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning ulanishini
ko‘zda tutadigan kontseptsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan.
avtomatik rejimda) jarayonlarni monitoring va nazorat qilish va buning asosida
ularni boshqarishga imkon beradi. Bugungi kunda ushbu sohada ikkita yirik
yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (loT - Internet of Things) va buyumlar
sanoat Interneti (IIoT - Industrial Internet of Things). Instrumental jihatdan ushbu
texnologiyalar bir-biriga juda o‘xshashib ketadi. Asosiy farq esa bajarilishi lozim
bo‘lgan vazifada: agar buyumlar internetining asosiy vazifasi bu - xilma-xil
(modellar va bashoratlar tuzishda ustuvor foydalaniladigan) ma’lumotlar to‘plash
bo‘lsa, buyumlar sanoat Intemetining bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi ishlab
chiqarishni avtomatlashtirishdan iborat (datchiklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha
resurslar va quvvtlarni masofadan turib boshqarish). OVUM, Mashine Research
va Nokia kompaniyalari tahlilchilarining bashoratlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib,
tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mln birlikdan ortadi. 2025 yilga
kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘plab
mamlakatlarda
ishlab
chiqarish
resurslarini
boshqarish
texnologiyalarini
rivojlanlirish,
jumladan,
ulardan
virtual
foydalanish
manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat
dasturlariga binoan bajariladi: Gcrmaniyada Industrie4.0., AQSHda Advanced
Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy
qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish
strategik konsepsiyasi. Buyuk Britaniyada Innovate UK. Avstraliyada National
Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar.
amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalga oshirilmoqda.
Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi interneti rivojlanlirish yo‘l
xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar interneti Assotsiatsiyasini ta’sis etdi.
Rosstandart doirasida faoliyat ko‘rsatadigan «Кибер физические системы»
standartlashtirish bo‘yicha yangi texnik qo‘mita faoliyati doirasida buyumlar
interneti sohasida standartlar ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilgan.
Katta ma’lumotlar (Big Data) - inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida
strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan)
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar
yig‘indisidir. Katta ma’lumotlar katta hajm bilan, xilma-xillik va yangilanish
tezligi bilan ta’riflanadi. Bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va
vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta
ma’lumotlar texnologiyasi bu katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish
vositasidir. Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud
bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makro darajadagi hodisalarni
tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek,
ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalari asosida trendlarni aniqlash mumkin. Tijorat
loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katra ma’lumotlar sohasidagi
asosiy muammo – ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni
boshlang‘ich
ma’lumotlar
asosida
amalga
oshirish
hisoblanadi.
Tahlil
algoritmidagi eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar
tezligini baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida
uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda
katta ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, katta
ma’lumotlami qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud. Masalan, IBM,
Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Softvare Foundation
(HADOOP) va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan
axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
Internetda foydalauuvchilar xulq-atvori loglari; avtomobillardan transport
kompaniyaga keladigan GPS-signallar; bankning barcha mijozlari tranzaksiyalari
haqidagi axborotlar; yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi
axborotlar; ko‘p sonli shahar IP-video kameralaridan olingan axborotlar; sanoat
interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish datchiklaridan
kelgan axborotlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |