Mashgʻulot turi: ma’ruza 1-Mavzu: Raqamli texnologiyalar haqida tushuncha. Mavzu rejasi



Download 271,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana21.06.2022
Hajmi271,27 Kb.
#689784
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu Raqamli texnologiyalar haqida

ikkinchi 
bosqichi
alohida 
operatsiyalarni 
bajarishni 
avtomatlashtirish hisoblanadi. Masalan, mijozning ishonchliligini baholash, xuddi 
o‘quv kursi tinglovchilari orasida test sinovi o‘tkazish kabi, avtomatik ravishda 
amalga oshiriladi. Operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun ko‘pincha matematik 
algoritmlar yoki hatto sun’iy intellekt asosida mustaqil ravishda qaror qabul 
qiladigan «raqamli robotlar»dan foydalaniladi. Raqamli texnologiyalarning 
rivojlanishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi: 

real tovarlar va xizmatlar ta'minotchilari hamda xaridorlari sektori; 



dasturiy ta'minot va texnologiyalar ishlab chiquvcliilar seklori: 

qonunchilik bazasi. kadrlar layyorlash tizimi, barcha turdagi ma’lumotlar 
uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma. 
Bunda u quyidagi yo‘nalishlami va texnologik segmentlami o‘z ichiga qamrab 
oladi: 

Bigdata: 

Sun’iy intellekt: 

Blokcheyn; 

Kvant texnologiyalari; 

Ishlab chiqarish texnologiyalari: 

Sanoat interneti; 

Robototexnika; 

Simsiz aloqa: 

Virtual reallik. 
Virtual dunyo bilan o‘zaro aloqalar sifatida- raqamli iqtisodiyotdan raqamli 
modellashtirishga o‘tish va buyumlar internetini tushunishimiz mumkin. Albatta. 
milliy iqtisodiyotdagi raqamli moliyaviy munosabatlarni milliy kriptovalyuta 
ko‘rinishidagi raqamli valyutasiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ko‘plab axborot 
tizimlari operatsiyalarni insondan ko‘ra yaxshiroq, tezroq va arzonroq bajaradi. Bu 
esa xatolar sonini minimallashtirshi tufayli, misli ko‘rinmagan darajada tezkor 
harakat qilish imkonini beradi. Hozirgi paytda talabalarga yordam berish uchun 
robot- yordamchilar, robot-jurnalistlar va hatto vazifalarni odamlardan ko‘ra 
samaraliroq taqsimlaydigan robot-rahbarlarga misollar mavjud. U yoki bu jarayon 
davomida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan axborot servislari to‘plami servis 
biznes-jarayonlarini raqamli o‘zgartirishning natijasi hisoblanadi. Ko‘plab banklar 
hozirda qarz (kredit) oluvchilarni baholash jarayonlarim inson ishtirokisiz amalga 
oshirmoqda. Yangi shaklagi kompaniyalarda taksi chaqirishda mijoz va haydovchi 
o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalar axborot tizimi yordamida amalga oshirilib, odam 
ishtiroki hatto ko‘zda ham tutilmayapti. Lekin biznes-jarayonlardan odamlar 
ishtirokini doim ham to‘liq istisno qilish mumkin emas. Bunda raqamli
o‘zgartirish tezkor rejimda ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi va robototexnika 
texnologiyalari yordamida raqamli aloqa kanallari bo‘yicha masofadan turib 
boshqarishni ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlarga misollarni xizmatlar sohasida, 
neft qazib chiqarish, elektr energetikasi va ishlab chiqarishda kuzatishimiz 
mumkin. Shak – shubhasizki, zamonaviy biznesda «raqamli o‘zgartirish» so‘z 
birikmasi tobora ko‘proq yodga olina boshladi. Aftidan, jahon miqyosida faol 
rivojlanayotgan yangi tcxnologiyalar tez orada bizning raqamli tcxnologiyalar va 
sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirib yuboradi. 
Raqamli muhitdagi asosiy texnologiyalardan yana biri - buyumlar internetidir 


(IoT - Internet of Things). Ya’ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr tarmog‘iga 
ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy dunyoning 
tobora ko‘plab ob’yektlari internetga ulanmoqda, bu esa axborot to‘plash va hatto 
bu ob’yektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta’minlamoqda. Amalda 
internetda tashqi dunyo va ob’yektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan 
moddiy ob’yektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu ob’yekini internet orqali 
boshqarishga imkon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik 
yordam xizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida 
almashtirish lozirn bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan virtual 
ma’lumotlar uzatish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar internet sohasi 
rivojlanishining keyingi bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro 
aloqa qilishi mumkinligi ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik 
ta’mirlash tizimlarida, logistika va boshqa ko‘plab biznes sohalarida 
avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish imkonini beradi. Lekin hali 
ycchimini kutib turgan masalalar ham bor. Chunonchi: elektr energiyasini minimal 
tarzda iste’mol qiladigan elektronika, shuningdek, buyumlarning o‘zaro aloqa 
qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish. 
Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu to‘ldirilgan 
reallikdir 

Download 271,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish