Mashg‘ulot mavzu: qo‘shma gap haqidagi nazariyalar va uning tasnifi. Reja



Download 67,23 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2022
Hajmi67,23 Kb.
#687656
  1   2   3
Bog'liq
11-seminar mashgulot


11-SEMINAR MASHG‘ULOT
MAVZU: QO‘SHMA GAP HAQIDAGI NAZARIYALAR VA UNING TASNIFI.


Reja:
1. Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra turlari: qismlari payt, o‘rin, sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va b. ma’noviy munosabatlar asosida bog’langan qo‘shma gaplar.
2. Qoʻshma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga koʻra turlari: kesim tobe gapli, ega tobe gapli, hol tobe gapli, to‘ldiruvchi tobe gapli, aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap.
3. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining irreallikka munosabatiga ko‘ra turlari.

Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida tobelik aloqasi mohiyatan so‘z birikmasi tarkibiy qismlari orasidagi hokim–tobelik munosabati bilan o‘xshash. Farq shundaki, bunda tobe qism ham, hokim qism ham alohida gap bilan ifodalanadi. Bu masala tilshunosligimizda «Ergash gapli qo‘shma gaplar» mavzusi doirasida chuqur va atroflicha o‘rganilgan.


Gap bo‘laklariga muvofiq ravishda bunday qo‘shma gaplar 5 turga ajratiladi.
Kesim tobe gapli qo‘shma gap: Meni hayratda qoldirgan narsa shuki, qiz juda og‘ir yarador bo‘lishiga qaramay jilmayar edi. (Oyd)
Ega tobe gapli qo‘shma gap: Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi yiqiladi. (Maq)
Hol tobe gapli qo‘shma gap: Yomg‘ir aralash qor yog‘ib turgan bo‘lsa ham, u negadir shoshilmas, xayol bilan band edi. (O.Yoq)
To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gap: Shunga erishishimiz kerakki, ayollar hayotning har bir sohasida erlar bilan teng bo‘lsin. (A.Qah)
Aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap: Umrlar bo‘ladiki, tirigida o‘likdir. Umrlar bo‘ladiki, mangulikka tirikdir. (M.Shayx)
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu tasnif ma’no bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli bir qo‘shma gapning o‘zi xilma-xil tasnif etilishi mumkin.
I. Bosh gapda olmosh bilan ifodalangan eganing yoki qo‘llanilmagan eganing mazmunini izohlab, to‘ldirib, konkretlashtirib keladigan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Masalan, Kimki mehnatni sevsa, hurmatga sazovor bo‘ladi. («Saodat») gapida birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponentdagi (bosh gapdagi) u olmoshi bilan ifodalangan eganing mazmunini konkretlashtirgan: u hurmatga sazovor bo‘ladi. - Mehnatni sevgan hurmatga sazovor bo‘ladi.
1) Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap sostavida uning egasi sifatida kim, kimda-kim, har-kim, har kimki, nima, nimaiki, nimaki, qaysi, qaysi kishi, shunisi, shu narsa kabi nisbiy so‘zlar; bosh gap sostavida, uning egasi sifatida – o‘sha, shu, o‘zi, o‘sha narsa, hamma, hammasi, barcha, barchasi kabi nisbiy so‘zlar bir-biriga muvofiqlashib qo‘llaniladi: Kimki mehnatdan qo‘rqmasa, u tuproqdan oltin ajratadi. («Saodat») Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. (Bobur)
2) Ega ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar (ergashtiruvchi vositalar) bilan
tutashadi: Fe'lning shart mayli formasi -sa elementi bilan: Kimki birovga choh qazisa, o‘zi yiqiladi. (Maqol) -r, -ar, ekan, -mas, ekan shakli orqali. Bunda ergash gaping kesimi sifatdoshning -r, -ar, -mas shakli ekan yordamida yasalgan formada kelib, bosh gapga bog‘lanadi va bosh gapdagi olmosh egani izohlaydi: Kimki el-yurt xizmatida bo‘lar ekan, u hech qachon yomonlik ko‘rmaydi. Kimki birovning haqidan tortinmas ekan, u, albatta, xor bo‘ladi. Kimki dilozor erur, o‘zi el ichra xor erur. -ki orqali. Bunda -ki bosh gapning kesimi bilan shakllanadi: Bu yerning shunisi yaxshiki, istagancha kasb o‘rganish mumkin. Javobingizdan shu narsa aniq bo‘ldiki, til-adabiyotni sevar ekansiz. Ikki soatdan keyin ma’lum bo‘ladiki, Qalandarov rayonga jo‘nab ketibdi. (A.Q) Bu turdagi ega ergash gaplar ma’lumki, ayonki, ravshanki, ko‘rinib turibdiki, anglashiladiki kabi kirish so‘z, kirish ibora xarakteridagi bir sostavli (ko‘pincha egasi qo‘llanilmaydi) gaplarni ham izohlab keladi: Ma’lumki, ota-bobolarimiz yerni ardoqlagan, nonni ko‘ziga surib e’zozlagan. Shunisi qiziqki, laboratoriya bir hafta davomida ishlamagan. (As.M) Ko‘rinib turibdiki, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ajrata olmaysiz. (As.M)

Download 67,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish