Mashg‘ulot: Gigrograf yordamida havoning
namligini o‘lchash
Mashg‘ulotning maqsadi: Gigrograf yordamida havo nisbiy namligini aniqlashni o‘rganish
Mashg‘ulot rejasi:
1.Gigrografning tuzilishi va ishlash prinsipi.
2.Gigrograf yordamida havo nisbiy namligini o‘lchash.
Kerakli asboblar va materiallar: Soch tolaligi gigrograf:,
gigrografning toza lentasi:, sutkalik va haftalik gigrograflarning yozilgan lentalari:, gigrograf perosiga quyish uchun siyox.
Topshiriqlar: 1. Gigrografning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishing.
2.Gigrograf yordamida havo nisbiy namligini o‘lchang.
Adabiyotlar
1.A.Abdullayev, H.Arg‘inboyev, H.Abdullayev. Agrometeoro-
logiya T. 2006 yil.
2.Yu.I.Chirkov Agrometeorologiya. L.1986 g
3.Agrometeorologiyadan ma’ruza
matnlari, ToshDAU 2020 yil,
SamVMI 2021 yil
4.R.Yu.Zver’eva, H.Arg‘inboyev. Agrometeorologiyadan amaliy
mashg‘ulotlar .T.1989 yil
1.Gigrografning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Havoning nisbiy
namligi o‘zgarishlarini uzluksiz yozib boradigan asboblarga gigrograflar deyiladi.
Gigrograflar ikki xil: soch tolali va plyonkali bo‘ladi.
Birinchi xil gigrograflarning sezgir elementi odam soch tolasi
bo‘lsa, ikkinchi xildagilarniki esa organik plyonkalardir.
Sochli gigrografning qabul qiluvchi qismi yog‘sizlantirilgan odam
sochlari tolasidan iborat bo‘lib, uning ikkala uchi ham ramaga mahkamlangan. Odam sochlari uzunligining o‘zgarishi richaglar tizimi yordamida strelka va uning uchidagi perosiga uzatiladi. (7.1.rasm).
7.1.Rasm.Gigrograf
1-odam sochlari tolasi; 2-ilmoq; 3-va 4-richaglar;
5-strelka; 6-pero; 7-vint
Soch tolalari dastasining o‘rta qismi gorizontal o‘q atrofida aylanadigan egri chiziqli richagning o‘qiga ulangan ilmoq yordamida tarang torib qo‘yilgan. Strelka umumiy o‘qqa ega boshqa egri chiziqli richag bo‘ylab sirpanadi.
Richaglarning egriligini havo namligi o‘zgarganda soch tolalarining notekis o‘zgarishlarini peroning lenta sirtida tekis siljishini vujudga keltiradigan qilib hisob qilingan.
Gigrograf perosini rostlash uchun vint ishlatiladi, uning yordamida soch tolalarining oxirgi uchlarini o‘zaro yaqinlashtirish yoki aksincha ularni bir-biridan uzoqlashtirish mumkin va bu bilan peroni lenta sirti bo‘ylab siljitiladi.
Soat mexanizmili baraban gigrografning qayd qiluvchi qismi bo‘lib xizmat qiladi. Barabanning aylanish tezligiga qarab sutkalik va haftalik gigrograflar mavjud.
Barabanga o‘ralgan qog‘oz lentadagi gorizontal parallel chiziqlar foizlarda
ifodalangan nisbiy namlikka, vertikal yoylar esa vaqtga mos keladi; sutkalik lentaning 1 ta bo‘limi 15 minutga, haftalikda esa 2 soatga to‘g‘ri keladi.
Gigrograf meteostansiyalarda termograf bilan bir budkaga o‘rnatiladi. Uni ishga tayyorlash uchun dastavval soat mexanizmi buraladi hamda baraban sirtiga qog‘oz lenta joylashtiriladi. Vint yordamida pero lentada kuzatish vaqtiga va havo nisbiy namligi qiymatiga mos qilib joylashtiriladi, bunda lentaning o‘rnatish vaqtini qayd qilib qo‘yish zarur. Gigrograf nisbiy asbob bo‘lgani uchun uning yordamida o‘lchash natijalari psixrometrik ko‘rsatishlar bilan taqqoslanadi.
Gigrograf lentasini ishlab chiqish grafik usulga asoslanib olib boriladi. Buning uchun psixrometrik ko‘rsatishlar bo‘yicha hisoblar va gigrograf lentasidan olingan hisoblar bo‘yicha grafik yasaladi. Grafik tuzishda absissa o‘qiga gigrograf bo‘yicha, ordinata o‘qiga esa psixrometr bo‘yicha nisbiy namlik qiymatlari qo‘yiladi.
Grafiklardan olingan nuqtalar orasidan bog‘lanish egri chizig‘i chiziladi va undan gigrografning tuzatilgan qiymatlari olinadi. Shundan so‘ng grafikdan foydalanib gigrografning lentadan olingan har qaysi ko‘rsatishiga, psixrometr bo‘yicha unga mos qiymatlar 1 % aniqlik bilan
topiladi va kuzatish jadvaliga yoziladi.