Bajarish ketma-ketligi:
Isitkichning 2/3 qismi suv bilan to’ldiriladi (rasm.2).
Isitkichni siqib og’zigacha suv keltiriladi va havosi chiqariladi.
Isitkich og’zidagi probkani yaxshilab buraymiz.
Isitkich og’zi pastka qaratiladi va germetikligi tekshiriladi.
Isitkich quruq qilib artiladi.
Isitkich kichik choyshabga o’raladi.
Bemorga isitkich beriladi (terida pigmentatsiya bo’lmasligi uchun teriga vazelin moyi surtiladi).
5 daqiqadan keyin teri qizib ketgan yoki ketmaganligi tekshiriladi (yaqqol giperemiya).
Isitkich sovugandan so’ng olinadi.
Istikich ishlatib bo’lingandan so’ng dezinfeksiya qilinadi.
Asorati:
Kuyish.
Teri pigmentatsiyasi.
Izoh:terida shishi bor va terisi sezuvchanligi past, Shuningdek bolalarga juda issiq bo’lmagan isitkich ehtiyotlik bilan qo’yiladi.
Rasm.2. Isitkichni qo’llash: a – to’ldirish; b – havosini chiqarish; v – germetikligini tekshirish
(Rasm manbai: Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik)
Do'stlaringiz bilan baham: |