Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Qisqacha anamnez yig’iladi, umumiy ko’rik: perkussiya, auskultatsiya va paypaslash o’tkaziladi. Umumiy qon, siydik tahlili, rentgenoskopiya yoki rentgenografiya, maxsus ko’rsatmalar bo’yicha boshqa tekshiruvlar qilinadi. Qabul bo’limida bemor ahvoliga qarab chala yoki to’liq sanitar tozalash o’tkaziladi. Shoshilinch holatlarda bemor kiyimi yechiladi, nam gubka bilan tana artiladi, sochli qismi olinadi. Oshqozon to’la bo’lsa zond yordamida bo’shatiladi. Huqna qilinmaydi. Siyishda qiyinchilik bo’lsa siydik qopiga kateter qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |