Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.
Ko’rildi: _________U. Ortiqov.
Mashg’ulot 9 Sana ________________
Mavzu: Ildiz turlari va tizimlari.Ildizmevalar.
Mashg’ulotning maqsadi: Ildiz, uning tuzulishi, turlari va tizimlarini o`rganish.
Foydalanildigan jihozlar: darslik, qo’shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar, kampyuter, slaydlar.
Mashg’ulotning borishi:
Ildizlar shakli va o`lchami jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. O`simliklarning turiga, tuproq-iqlim sharoitiga qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo`g`on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo`ladi.
Ayrim daraxtlarning ildizi 50—60 m gacha yetishi mumkin. Masalan, yong`oqning yon ildizlari atrofga 20—30 m gacha taraladi. Qumda o`sadigan juzg`unning ildizlari juda uzun va ingichka bo`lib, asosan yon tomonga qarab o`sadi. Yantoq ildizi, aksincha, pastga tomon o`sib, 30 m gacha chuqur kirib boradi.
Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo`shimcha ildizlarga bo`linadi. Murtakdagi boshlang`ich ildizning bevosita o`sishidan asosiy ildiz hosil bo`ladi. Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar hosil qiladi.
Bir tup o`simlikdagi asosiy, yon va qo`shimcha ildizlar yig`indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi o`simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo`shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog`liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko`ra: o`qildiz va popuk ildizga bo`linadi (25-rasm).
Murtakdagi boshlang`ich ildiz rivojlanishi jarayonida o`sishda davom etsa, undan o`qildiz tizimi hosil bo`ladi. Bunday moslashish ko`pchilik ikki urug`pallali o`simliklarga xos.
O`qildiz tizimi uzun va yo`g`onroq bo`lib, undan yon ildizlar o`sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug`pallali o`simliklarga xos bo`lib, uni do`lana, na'matak, saksovul va madaniy o`simliklar (olma, o`rik, nok, qovun, tarvuz, g`o`za, no`xat, loviya, mosh va terak kabilar) misolida ko`rish mumkin.
Endi ikki urug`pallali o`simliklarga mansub g`o`zaning ildiz tizimi bilan tanishamiz. Chigitning murtakdagi ildizchasidan dastlab, asosiy ildiz o`sib chiqadi. Oradan ko`p o`tmay, undan ko`plab yon ildizlar o`sib chiqa boshlaydi. O`z navbatida, yon ildizlardan yanada maydaroq yon ildizchalar rivojlanadi. Natijada asosiy va yon ildizlar o`sib va ko`payib ildiz tizimini hosil qiladi. Ildizlar orasida uning yo`g`on va uzun, yerga tik kirib boradigan qismi ajralib turadi.
Ayrim asosiy ildizlarda oziq moddalar to`planadi. Masalan, qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg`om va boshqalarda. Bu ildizlar ovqatga ishlatilganligi uchun ular ildizmevalar deyiladi (26-rasm). Agar murtakdagi boshlang`ich ildiz o`sishda davom etmasa, u holda boshlang`ich poyada qo`shimcha ildizlar hosil bo`ladi. Bu popuk ildiz tizimini hosil qiluvchi bir urug`pallali o`simliklarga xos.
Popuk ildiz tizimi bir-biriga o`xshash bo`lgan bir to`da mayda ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi. Bunday ildizlar bir urug`pallali o`simliklarga xos. Bir urug`pallalilardan bug`doyning ildiz tizimi tuzilishini ko`rib chiqamiz. Bug`doyning murtakdagi ildizchasidan dastlab asosiy ildiz rivojlanadi va oradan ko`p o`tmay u nobud bo`ladi. Shundan keyin murtakdagi poyacha asosidan bir to`da mayda, bir-biriga o`xshash qo`shimcha ildizlar o`sib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |