8. Xalil Sulton Mirzo kimning o’g’li?
A) Umarshayx. B) Shohrux.
C) Mironshoh. D) Jahongir.
9. Nimalar vositasida Xalil Sulton Sohibqironning
nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini o’z
tarafiga og’dirib Movarounnahr taxtini egallab
olgan?
A) suyurg’ollar vositasida
B) ko’plab tarxonlar berishi orqali
C) Amir Temurdan qolgan xazinalar vositasida
D) Amir Temur bergan vorislik yorlig’i vositasida
10. Xalil Sultonga qarshi birinchi bo’lib kimlar
isyon ko’taradilar?
A) Amir Xudoydot va Shayx Nuriddin.
B) Amir Berdibek va Umarshayx Mirzo.
C) Amir Abdulholiq va Amirak Ahmad.
D) Amir Nasrullo va Abulqosim Bobur.
11. Xalil Sultonga qarshi birinchi bo’lib
qayerlarning hokimlari isyon ko’taradilar?
1. O’ratepa. 2. Shohruxiya. 3. Turkiston. 4. Farg’ona.
A) 1-2. B) 3-4. C) 1-3. D) 2-4.
Do'stlaringiz bilan baham: |