36-§. TEMURIYLAR DAVRIDAGI SIYOSIY
JARAYONLAR
1. 1405-yil 18-fevralda ...
A) Amir Temur Samarqanddan Xitoyga harbiy
yurishiga chiqdi
B) Sulton Boyazid to’satdan vafot etdi
C) Amir Temur to’satdan vafot etdi.
D) “Anqara jangi” bo’lib o’tdi.
2. Qaysi davlat ustiga yurish Amir Temurning
to’satdan vafot etib qolishi tufayli amalga oshmay
qoldi?
A) Misr B) Suriya C) Xitoy D) Hindiston
3. Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy
tomon yurish vaqtida qaysi shaharda vafot etadi?
A) Termiz. B) O’tror. C) Xo’jand. D) Nasaf,
4. Amir Temur saltanatining parchalanishining
asosiy sababi nimada edi?
A) Xalil Sulton Mirzoning o’zboshimchalik bilan o’zini
Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilishi
B) Pirmuhammadning o’z vaziri Pir Ali Toz boshliq
fitnachilar qo’lida shahid bo’lishi
C) Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig’i Qora
Yusuf bilan bo’lgan jangda Mironshoh halok bo’lishi
D) saltanat tasarrufiga olingan yurtlar va ellar xilma-
xil, uzoq masofalarga cho’zilganligi, ulardagi
muxolifatchi kuchlar ajralib chiqish uchun harakat
qilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |