19. XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda
yerga egalikning asosan necha shakli bo’lgan?
A) ikki B) uch C) besh D) to’rt
20. XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda
yerga egalikning asosan qanday shakllari bo’lgan?
1) Mulki sultoniy 2) Mulki devoniy 3) Mulki inju
4) Mulk 5) mulki vaqf 6) Jamoa yerlari 7) Mulki xos
A) 1,3,4,5 B) 2,4,5,6 C) 1,4,5,6,7 D) 2,3,4,5,6
21. Temuriylar davrida davlat yerlarini qanday
tarzda inom etish keng tarqaladi?
A) iq’to B) jogir C) suyurg’ol D) tarxonlik
22. Suyurg’ol egalari tobeligini kuchaytirish
maqsadida markaziy hokimiyat qanday tadbir
qo’llardi?
A) har bir suyurg’ol egasiga markaziy hokimiyatdan
maslahatchilar tayinlanardi
B) suyurg’ol yerida mavjud bo’lgan qo’shin
qo’mondoni faqat oliy hukmdorga bo’ysunardi
C) ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki
ularning haq-huquqlarini cheklab qo’yar edi
D) markaziy hokimiyat oltin va kumush tangalar zarb
qilar edi, suyurg’ol egasi bunday imkoniyatga ega
emas edi
Do'stlaringiz bilan baham: |